F an: akusherlik ishi


Plasentani qo'lda ko'chirish va tushirish



Yüklə 22,15 Kb.
səhifə5/7
tarix23.10.2022
ölçüsü22,15 Kb.
#65924
1   2   3   4   5   6   7
2 lektsiay taza

Plasentani qo'lda ko'chirish va tushirish
Plasentani (yoki uning bachadonda ushlanib qolgan qism larini) ko‘chirish va tushirish maqsadida bachadon bo‘shlig‘iga qo‘l suqish infeksiya kirishi jihatdan hamisha xavflidir. Bunda bachadonga vulva va qin mikroflorasi tushishi muqarrar. B achadonga qo'l bilan kirgan mikroblar bachadonning keng jarohat yuzasi bo‘lgan ichki yuzasidagi ochiq qon tomirlariga va limfa yo‘llariga o ‘tadi. Shu sababli plasenta qo'lda ko'chirilgach va bachadon bo'shlig'ida qo'l tekshirilgach, ko'pincha chillada septik kasalliklar paydo bo'ladi shunday ekan, plasentani qo'lda ko'chirish ham da tushirish jiddiy chora bo'lib, maxsus ko'rsatmalarga muvofiq va aseptika qoidalariga qat'iy rioya qilib o'tkaziladi.
Plasentani qo'lda ko'chirish va tushirishga quyidagilar ko'rsatm a hisoblanadi:
a) yo'ldosh tushish davrida qon ketishi - yo'ldoshni tashqi amallar bilan tushirib bo'lmasa; b) yo'ldoshning bachadonda 2 soatdan ortiq turishi - uni Abuladze va krede usulida tushirib bo'lm asa. Yo'ldosh bachadonda uzoq ushlanib qolganda qon ko'p ketmasa ham qo'lda ko'chiriladi va tushiriladi.
Plasenta tushgach: a) plasenta qismlarining bachadonda ushlanib qolishi; b) plasentaning butunligiga shubha tug'ilishi bachadonni qo'ld a tekshirishga ko'rsatm a hisoblanadi.

Texnikasi. Tug'uvchi ayol karavotga ko'ngdalang yotqiziladi, qovug'i bo'shatiladi. Tashqi jinsiy a’zolar akusherlik operatsiyalari uchun qabul qilingan qoidalarga muvofiq tozalanadi. Qo'l yaxshilab yuvilib dezinfeksiya qilinadi va qo'l panjasiga steril vazelin moyi surtiladi. Operatsiya efir narkozi ostida qilinadi; aku sher vrach bo'lmaganda yordam berishga majbur bo'ladigan bu operatsiyani qilishga yo'l qo'yiladi.Jinsiy yoriq chap qo'lda keriladi, konus shaklida yig'ilgan o'ng qo'l («akusher qo'li») qinga, so'ngra bachadonga suqiladi. Q o'l qindan o 'tayotganda orqa (dorzal) yuzasi d um g'azaga qarag an bo'ladi. O 'ng qo 'l bachadon bo'ynining teshigiga, suqilayotgan paytda chap qo'l bachadon tubiga ko'chiriladi.Bachadon bo'yni teshigining shishgan chekkasini plasenta chekkasi bilan adashtirmaslik uchun qo'l kindik bo 'y lab kiritiladi. kindik bo'ylab kiritilayotgan qo'l plasentaga yetgach, uning chekkasini topish kerak (plasenta ko'chgan bo'lishi m um kin). So'ngra qo'l bacahdkn devori orqasiga kiritilib qo'lning arraganskmon harakaylar yordamida butun platsenta sekin-asta ko'chiriladi; shu payt tashqaridagi qo'l bachadon tubini avaylab bosib, ichkaridagi qo'lga yordam beradi Plasenta ko'chirilgach, bachadonning pastki segmentiga keltiriladi va chap qo'lda kindikdan ushlab tortib olinadi. Bachadonda qolgan o 'n g qo'l esa plasenta bo'lakchalari qolib .Yo‘ldoshni ketm aganligini aniqlash uchun bachadonning ichki qo'lda ko'chirish.yuzasini yana bir marta sinchiklab tekshiradi. Yo'ldosh to'la ko‘chirilgach, bachadon devorlari silliq, faqat plasentar maydoncha biroz g'adir-budur bo'ladi, chunki unda desidual parda parchalari qolishi mum kin.Bachadon yaxshilab tekshirilgach, uning ichiga yod surtiladi va ayol terisi ostiga 1 ml ergotin, 1 ml pituitrin yuboriladi, qorinning pastiga muzli xalta qo'yiladi; anemiya bo'lsa, qon, plazma yoki qon o 'rnini bosuvchi suyuqliklar quyiladi. Qon ketishi davom etaversa, qon oqishini to'xtatish uchun navbatdagi choralar ko'riladi.Plasenta qo'ld a ko'chirilguncha chilla davrida infeksiya avj olishiga moyil bo'ladigan ko'ngilsiz ho latlar qayd qilingan (tug'uruq cho'zilib ketgan, suvsiz davr uzoq davom etgan, tug'ruqda endom etrit belgilari paydo bo'lgan va hokazo) bo'lsa, ayolga 2-3 kun m obaynida sutkasiga 4-5 mahal 1 g dan norsulfazol yoki boshqa sulfanilamid preparatlar ichirish tavsiya etiladi, Muskul orasiga 2-3 kun davomida har 3 soatda 50000-100000 b irlik d an penitsillin yoki boshqa antibiotiklar yuborish mumkin.Plasentani yoki uning bachadonda qolgan qismlarini qo'lda ko'chirish aksari qiyin bo'lm aydi. U chinakam iga yopishib qolganda vorsinkalar bachadon devoriga o'sib kirganligi uchun uni qo'lda ko'chirib bo'lm aydi. Bunday hollarda plasentani zo'rlik bilan ko'chirish o qibatida bachadon teshilib, ayol o'lishi mumkin. Plasenta chinakam iga yopishib qolganda bachadonni olib tashlashga to 'g 'ri keladi. Shu sababli bunday hollarda m ustaqil ishlayotgan akusher bachadonni tam ponlab, tezlik bilan vrach chaqirishi lozim.


Yüklə 22,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin