"O’qituvchi" nashriyoti 1975 у Umumiy psixologiya (A.V.PetTovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 у
G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya 1-2 kitob Т-2002 у
П1 BOB. IDROK.
Idrok haqida tushuncha.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davming o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq. to’laroq aks ettirish jarayoni bo’lib, sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turgan narsa va hoaisalami butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya'ni yaxlit 3ks ettirishdan iboratdir. Masalan, olmani ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz qatnashadi.
Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks ettirish jarayonidir.
Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalaming faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ulaming barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi.
Psixologik adbiyotiarda idrok tushunchasiga turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida idrok deb sezgi a'zolarimizga ta'sir etayotgan narsa va hodisalami yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida idrok bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga