S esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol o’ynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir faktlami bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalami kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zria tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash bilan qo’llanilishi foydalidir.