Tabiiy fanlar biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar Psixika asosida yotuvchi miyaning biologik va fiziologik jarayonlarini o'rganuvchi tuzilishi. Ijtimoiy psixologiyaga doir masala yechish va ijtimoiy rivojlanishda psixologiyani rolini o'rganadi.
Psixologiya falsafa fani bilan chambarchas bog’langan. Bu bog’liqlik ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlantirish an'analarini beigilashdagi o’mi va ahamiyatidan kelib chiqadi.
Tabiat, jamiyat va inson tafakkurini rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonunlyatlarva tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlar bilan falsafani boy ma'lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongni shakllanishiga taalluqli, umumiy, ilmiy qonuniyatlami tizimlashda bu ikkala fan - falsafa va psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog’liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy istiqlol qoyalarini yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida shakllantirish kabi dolzarb vazifalarni bajarishga xizmat qiJmoqda.