Odatda muloqot jarayonidagi о 'zaro ta'sirning ikki xil turi ajratiladi. kooperasiyaga asoslangan o’zaro ta'sir - kommunikativ jarayon ishtirokchilarinng umumiy maqsad yo’lida o’z kuchlarini birlashtirishdan iborat. Kooperasiyalaming bir necha turi farqlanadi.
avtomatik (instinktiv- biologik darajada mavjud bo’ladi), avtomatik (tarkib topgan ijtimoiy me’yorlar bilan an’ana va urfodatlar bilan taqozolangan bo’ladi)
spontan (do’stlik, muhabbat va shu kabi munosabatlar bilan taqozolangan bo’ladi)
direktiv (majburiy hamkorlik hukm suruvchi joylarda mavjud bo’ladi) shartnomaviy (rasmiy kelishuvlar bilan taqazolangan bo’ladi). koorperasiya- birgalikdagi faoliyatning zaruriy elementi. Raqobatga asoslangan o’zaro ta'sir - kommunikativ jarayon ishtirokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun o’zaro kurash sharoitida bir-biriga ta'sir ko’rsatishdan iborat. Bunday o’zaro ta'sirda tomonlaming shaxsiy faolligi odatda yuqori bo’ladi. Shunday bo’lsa-da u koopersiya bilan ma'lum darajada bog’liqdir. Chunki raqobat davomida ham muayyan qoidalar o’matilishi talab etiladi. Aks holda o’zaro kurash urushga aylanib ketishi mumkin. Raqobatning eng yorqin shakli nizodir. Nizo - muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo’lgan muammoni hal etish vaqtida ular o’rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish