Rus psixologi A.A.Bodalev "insonni inson tomonidan idrok etilishiga"sinonim ravishda "insonning boshqa insonni bilishi" iborasini qo’llaydi. Inson jamiyat a'zosi sifatida qabul qilinganligi sababli muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo’ladi. S.L.Rubinshteyn aytganidek, "biz insonni tashqi xulq-atvoriga qarab uni o’qiymiz’’. Bundan, insonni tashqi qiyofasi uni qanday shaxs ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin.
"Boshqa odamni bila turib, o’rganayotgan individning o’zi ham shakllanadi"- debyozadi L.S. Vigotskiy.
Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan bo’lishi lozim bo’lib, ularning ikkalovi ham faol sub'ektdir. Demakki o’zaro idrok jarayonida ikkala tomon bir-birlarining ehtiyojlari, motivlari va yo’nalishlarini bilishlari va o’zlarini qarama-qarshi tomon o’miga g’o’ya olishlari lozim. Muloqot jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir-birini tushunishga harakat qiladilar. Buning ucbun quyidagi mexanizm ishga solinadi: