Xotira tasawurlari Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan gavdalanishiga xotira tasawurlari deyiladi.
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasawur obrazlari orqali amalga oshiriladi. Xotira va xayol tasawurlari bir-biridan farq qiladi. Xotira tasawurlari ilgari idrok qilingan, amrno hozir ko’z o’ngimizda bo’Imagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalanishdan iborat. Masalan, yoshlik vaqtimizdagi hodisalami eslashimiz, ongimizda qayta tiklashimiz xotira tasawurlari bo’ladi. Xayoliy tasawur xotira tasawuriga qaraganda murakkab bo’lib, ongimizdagi bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinrragan, shu paytgacha uchramagan narsalarning obrazlarini yaratisbdan iboratdir. Xayoliy tasawur ijod qilish bilan bog’liq.
181
Masalan: ertaklar, romanlar umuman biror asami o’qiyotganimizda undagi qahramonlaming ko'z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir.
Tasavvurlar paydo qilishda so’zning ahamiyati katta. So’z bilan nomlash tegishli obrazning yaratilishiga yordam beradi. Masalan, "ildiz", "o’t" so’zlarini to’rt kishiga berib, qanday tasawur qilishiarini so’rasak, ulaming tasawurlari bir-biridan farq qilishini ko’ramiz, chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra tushunadi. Masalan, inatematik ildizni sonning ildizi deb, botanik o’simlik qismini, uning ildizini, tish doktori esa tish ildizini tushunadi. Tasawur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslaming hosil bo’lishi, bosh miya po’stida paydo bo’lgan izlaming jonlanishidir.
Tasawur birorta turtki tasirida jonlanadi, masalan, biror odam haqida tasawurlaming tug’ilishi uchun birorta so’z yoki hodisa turtki bo’ladi. Asosan, maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasawurlar tug’iladi.