43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI
7.2. Aholisi, davlat tizimi va Xo‘jalik tarmoqlarini geografik joylanishi Ikki nemis davlati birlashganidan so‘ng mamlakat aholisi keskin ko‘paydi va
hozir 82 mln. kishini tashkil etadi. Milliy tarkibiga ko‘ra 90% dan ko‘prog‘i nemislar;
qisman (daniyalik)Lar va gollandlar yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1km
2
ga
300 nafarga bo‘lib, mamlakatning Rur ko‘mir havzasida esa aholi zichligi 1 km
2
ga
1000-3000 kishi to‘g‘ri keladi. Urbanizatsiya darajasi jihatdan Germaniya dunyoda
oldingi o‘rinda turadi. Aholining 90% ga yaqini shaharlarda yashaydi. Aholining
tabiiy o‘sishi past darajada. Davlat tili-nemis tili. Dindorlar-protestantlar
(lyuterantlar, 50%dan ziyod) va katoliklar. Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham
yashaydi. Aholi soni Shu muhojirlar hisobiga oshmoqda. Ular umumiy aholining
8,9%ini tashkil etadi. Yirik shaharlariga Berlin (3438000), Bamburg (1661000),
Myunxen (1237000), Keln (1004000), Frankfurt-Mayn (647000), Dort munt
(600000) kabi shaharlari kiradi.
GFR davlat tuzimiga ko‘ra federativ respublikasi. Amaldagi kostitutsiyasi
1949-yil 23-mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda
qo‘shimchalar kirtilgan. Davlat boshlig‘i-federal prezident. U maxsus chiqariladigan
federal majis tomonidan 5 yil muddatga saylandi va yana faqat bir marta saylanishi
mumkin. Qonun chiqaruvchi organ parlament, u ikki palata: bundestag va
bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroni
hokimiyat federal kanslar boshchiligidagi federal hukumat qo‘lida. Federal konslar
bundestogda prizidentning taklifiga binoan ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi. Vazirlar
federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlandi. Har bir erning o‘z
konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.
GFR – yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy
qudratiga ko‘ra dunyoda AQSH va Yaponiyadan keyin uchunchi o‘rinda, jahon
savdosida ikkinchi o‘rinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va
qurilishning ulushi 33,6% ni, qishloq xo‘jaligining ulushi 1,2% ni tashkil etadi.
Germaniyaning Yevropa va jahon xo‘jaligidagi muhim ahamiyatini uning yuqori
sifatli mahsulot chiqarishga qaratilgan sanoati belgilaydi. Fantalab tarmoqlarining
hissasi ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlarini, avtomobil,
57
organi kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha Germaniya dunyoda oldingi
o‘rinlardan birini egallaydi.