29
5-bob. DUNYO XO‘JALIGI GEOGRAFIYASI
5.1. Dunyo xo‘jaligining umumiy xususyatlari va rivojlanishi jihatlari
5.2. Sanoatning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, uning rivojlanishi va
joylashishiga tasir ko‘rsatuvchi omillar
5.3. Dunyo sanoati tarkibida yuz berayotgan asosiy o‘zgarishlar
5.4. Dunyoning asosiy sanoat tarmoqlari geografiyasi
5.5. Dunyo qishloq xo‘jaligiga umumiy tarif
5.6. Dunyo yer fondi
5.7. Dunyo qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlarining joylashishi
5.8. Dunyo chorvachiligi
5.1. Dunyo xo‘jaligining umumiy xususiyatlari va rivojlanishi jihatlari
Ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan nazariyalardan A.Smit,
Jeffri Saks, Pol
Krugman nazariyalari juda muhimdir. Bundan tashqari K.Marks nazariyasini tahlil
qilish ham zarur
5
.
Dunyo xo‘jaligining shakllanishi jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami
tarixini o‘z ichiga oladi. Dunyo xo‘jaligi iqtisodiy kategoriyadir.
Chunki uning
to‘g‘risidagi tushuncha ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo‘jalik aloqalarining
baynalminallashi hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishi bilan aloqadordir.
Dunyo xo‘jaligi geografik kategoriyadir, chunki uni geografik nuqtai nazardan
kam deganda uch daraja miqyosida tadqiq etish nazarda tutiladi:
1) dunyo xo‘jaligining umumiy geografiyasi;
2) uning tarmoqlari geografiyasi;
3) yirik regionlar va cubregionlar geografiyasi.
Dunyo xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishida xalqaro geografik mehnat
taqsimotining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti
ayrim mamlakatlarning malum turdagi mahsulotlar
ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatishiga hamda ular bilan keyinchalik ayirboshlashga ixtisoslashuvni anglatadi.
Geografik mehnat taqsimotining eng muhim natijasi-bu xalqaro ixtisoslashuv
5
M. Sokol. Economic geography GY2164, 2790164 2011. Undergraduate study in Economics,
Management, Finance and the Social Sciences 30-35 бетлар
30
tarmog‘idir. Ayrim mamlakatlarning malum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishga ixtisoslaShuvi ushbularni o‘zining ichki
ehtiyojlaridan ortiqcha
miqdorda ishlab chiqarishni taqozo etadi.
Dunyo xo‘jaligi - bu bir-biri bilan butun jahon iqtisodiy munocabatlari orqali
boqlangan dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo‘jaliklarining majmuidir.
Dunyo xo‘jaligining geografik "modeli" kundan-kunga murakkablashib
bormoqda. Hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligi tarkibida o‘nta
eng muhim markazlarni
ajratish mumkin. Shularning ichida Yevropa va Shimoliy Amerika (AQSh, Kanada)
eng katta iqtisodiy quvvatga ega. Birinchi markazga butun jahon miqyosida ishlab
chiqarilgan yalpi milliy mahsulotning (YaMM) 32,5%i, ikkinchi markazga 27,7%i
to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarni Yaponiya (15,3%), Xitoy,Janubi-Sharqiy
Osiyo, Braziliya, Janubiy -G‘arbiy Osiyo (Fors ko‘rfazi cohilidagi mamlakatlar),
Rocciya, Avstraliya va Hindiston egallaydi.
Dostları ilə paylaş: