Toshkent turistik rayoni. Bu rayon Toshkent shahri va Toshkent viloyatini
birlashtirib, respublikaning eng muhim turistik mintaqasi hisoblanadi. Toshkent-
respublikamizning poytaxti sifatida sayyohlikning eng yirik markazlaridan biridir.
Chunki, u transport tuguni sifatida (havo, temir yo‘l, avtomobil) muhim o‘rin tugadi.
Shuningdek, Toshkent viloyatidagi mahalliy va xalqaro ahamiyatdagi sayyohlik
maskanlari mintaqaning bu borada imkoniyatlarining nihoyatda kattaligidan dalolat
beradi. Mazkur rayonda tarixiy obidalar, tabiiy rekreatsiya resurslari, suv omborlar,
daryolar va shifobaxsh mineral suvlar, tog‘ manzilgohlari mavjud. Bu erda Oqtosh,
Xumson, G‘azalkent, Tovoqsoy, Boldirsoy, CHorbog‘» CHimyon, Qumushkon,
So‘qoq, Ohangaron, YAngiobod, Ertosh, Ko‘ksaroy, Qizilchi qabi dam olish va
maskanlari kishilarning miriqib dam olishi hamda sog‘lig‘ini tiklashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston o‘zining ko‘plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi
va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o‘ziga tortmoqda.
Asrlar mobaynida O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining savdo, savdogarlar va
sayohatchilar,
jo‘g‘rofiyashunoslar
va missionerlar, isti’lochilar va zabt
etuvchilarning yo‘lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O‘zbekiston tashabbuskor,
madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor
sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Meros
O‘zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy
yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy
147
markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo
me’rosi” ning maxsus ro‘yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas
yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o‘tmish zamonlarni o‘zida aks ettirib, mamlakat
tarixida katta rol o‘ynaydi.
Toshkent
Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta
shaharlardan biri. Olis o‘tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o‘zimizning
O‘zbekiston Havo Yo‘llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport
yo‘nalishlarining chorrahasidir.
Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o‘zining
2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o‘zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish
markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan
traktorgacha, televizordan to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi.
Toshkent tez sur`atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono‘par binolarning
o‘zaro uyg‘unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning
yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o‘zbek xalqining boy
madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi
joylashgan bo‘lib, uning ulkan ko‘k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini
eslatadi. Uning eksponatlari O‘zbekiston hududida o‘rta asrlardagi davlatchilik
shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat
va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.
Samarqand
Asrlar mobaynida O‘zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo‘li va qadimiy
transkontinental magistral hayotida muhim rol o‘ynadi. Birgina Samarqand esa
“Buyuk Ipak yo‘lining yuragi” deb nom oldi.
Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo
ko‘zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga
teng bo‘lgan Samarqand o‘zining 2750-yilligini nishonladi. Samarqand buyuk
qo‘mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur
148
davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o‘zining eng yuqori
gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari
amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o‘z davrining eng mohir hunarmand
va ustalarini to‘pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda.
Amir Temurning nevarasi Ulug‘bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda
Samarqandagi yodgorliklar go‘zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa,
maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin.
Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy
yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi
bo‘lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori
madrasalari qad ko‘targan.
Go‘ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk
davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim
va mutaffakiri Mirzo Ulug‘bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari
tig‘iz qilib joylashtirib chiqilgan g‘unchaga o‘xshash Go‘ri-Amir maqbarasi
sayyohlar uchun juda taniqli joy.
Registon maydoni, Go‘ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari,
Ulug‘bek rasadxonasi va Shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif
buyuruvchilarni o‘ziga maftun qilib kelmoqda.
Buxoro
Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo‘lib kelmoqda. Uning
yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni
saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Huddi to‘r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo‘rg‘on va
Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi
ko‘plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas
Buxoroning tengi yo‘q marvaridlaridan bo‘lib qoladi.
Xiva
Buyuk ipak yo‘li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U
“ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko‘plab
149
me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning
birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashganligi va bu
yerdan karvon yo‘li o‘tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to‘rt tomoniga
qaragan to‘rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq
ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko‘rinish beradi.
Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O‘zbekistondagi eng uzun
minora Islom-Xo‘jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning
charaqlagan ko‘k gumbazlari viqor bilan turadi. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi
saqlanib qolgan bo‘lib ulardan eng mashxuri marosimlar o‘tkaziladigan, xon dam
oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-xovli saroyidir.
Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning
ajoyibligini bilish, tor ko‘chalarini o‘rganish va ”ochiq osmon ostidagi muzey” ning
asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi.
Termiz
Ko‘p qirrali O‘zbekiston tarixi Shubhasiz uning geografik joylashishini ham
aks ettiradi.
Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining
o‘ng tomonida karvon yo‘lida asos solingan bo‘lib asosiy port sifatida 2500 yildan
buyon shu vazifani bajaradi.
Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi
bo‘lgan. Qora-Tepadagi toshga o‘yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda
ibodatxonasi, ko‘plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va
budda sig‘inuvchilar uchun mashxur joy.
Termiz faqatgina o‘zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas.
Bu yerda o‘rta asrlar boshiga tegishli bo‘lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar
ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-
XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud.
150
Qoraqolpog`iston
Bugunda Qoraqolpog`iston hozirgi davr va qadim o‘tmishni bog‘lovchi tirik
rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va
kashfiyotlari bilan o‘zining afsona va sirlarini bo‘lishishga tayyor.
Qoraqolpog`istonda joylashgan Qirq-Qiz, Ayoz- Qala, Janbus-Qala, Ishan-
Qala maqbarasi, betakror Tuproq-qala va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy
va ma’daniy qiziqishni uyg‘otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
An’analar
Buyuk Ipak Yo‘li chorrahasida yashovchi o‘zbek xalqining an’ana va odatlari
ko‘plab asrlar davomida zaroastritlar, so‘g‘diylar, baqtriyaliklar va ko‘chmanchi
qabilalar urf odatlari va Shuningdek islom dini urf-odatlari tasiri natijasida
shakllandi.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat mobaynida, sayyohlar nafaqat me’moriy
yodgorliklarni ko‘rishi va shuningdek xalq bayramlarini nishonlashda ham ishtirok
etishlari mumkin.
(Misol uchun Navro‘z yangilanish, bahorgi bayram 21-mart kun va tun teng
bo‘lgan vaqt).
Har bir yo‘nalish sayyohlar mahalliy xalqni yashash tarzini ko‘rish, milliy
taomlarni tatib ko‘rish va falklor shou dasturlarini ko‘rish uchun mahalliy
xonadonlarga tashrifni o‘z ichiga oladi.
Ayniqsa turli tumanligi bilan o‘zbek milliy oshxonasi diqqatga sazovor.
Taomlar, ajdodlarning boy tajribasiga asoslangan xolda, o‘zbek xalqining xayot tarzi
va madaniyatini aks ettiradi. Har qanday nozik tabli xo‘rranda ham zirovarlar isi bilan
to‘lgan o‘zbek mehmonnavozligiga befarq tura olmaydi.
Bozorlar
Sharqona bozorlar haqidagi an’anaviy tasavvurlar; to‘kin-sochinlilik,
xushmanzaralilik, shovqunlilikni O‘zbekiston bozorlarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Yaxshi bozor maxsulotlar bilan to‘lib toshishi, rang barang, baland ovoz va
hayqiriqlar eshitilib turilishi, savdolashish bo‘lishi kerak.
151
Mevalar va sabzavotlar rastasi oldidan o‘tayotgan har qanday odam mo‘l-
ko‘llikdan va rangbaranglikdan hayratda qoladi. Sharq bozorlari ayniqsa yoz va
kuzda hayratlanarli tusga kiradi.
Bozorning qizg‘in hayoti erta tongda boshlanib kech tushganda tugaydi.
Savdogarlarning mijozlarni chaqirishi, avtomabillar shovqini, milliy musiqa ovozi,
zirovorlar isi va qovurilgan go‘sht hidi, rastalardagi rang-barang mevalar va
sabzavotlar sharqona bozorning takrorlanmas jozibasini yaratadi.
Mehmonxonalar
Qadimdagi karvonsaroylar o‘rnini zamonaviy qulay mehmonhonalar egalladi.
Sayyohlik hududlarda joylashgan mejmonxonalar har qanday mehmonning talabini
qondirishi mumkin. Yagona “qiyinchilik” didga mos keluvchi dizayn yoki komfortni
tanlashda bo‘lishi mumkin. Yevropa uslubini xush ko‘ruvchilar uchun zamonaviy
interyerlarga ega mexmonxonalar, aksincha sof ma’nodagi sharqona muhitni
hohlovchilarga esa o‘zining naqshli eshiklari, rang–barang gilamlardan tortib
sharqona ayvonlargacha ega bo‘lgan mexmonxonalar ham muhayyodir. Toshkent,
Samarqand, Buxoro va Urganch kabi katta shaharlardagi birinchi darajali
mehmonhonalardan foydalanishingiz mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 350 dan ortiq mehmonhonalar sayyohlarni qabul
qilib xalqaro standartlarga mos ravishda xizmatlar ko‘rsatmoqda.
Transport
O‘zbekiston hozirda rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Manzilga
yetib olishingiz uchun sizga Buyuk Ipak Yo‘li davridagidek bir oy kerak emas.
O‘zbekiston bo‘ylab katta shaxarlarga aviatsiya yordamida yetib olish tez va qulay.
Sayyohlar mamlakatning chiroyli manzaradan qulay va tez bo‘lgan transport
vositasi mashina yoki avtobuslardan foydalanadilar.
Aktiv sayohatlar
O‘zbekiston faqatgina tarixiy va afsonaviy me’morchiligi bilan mashxur bo‘lib
qolmasdan, aktiv sayyohlik yo‘nalishlariga ham ega. Mamlakatimizning geografik
jihatdan qulay joylashganligi bu yerda zamonaviy qulaylik va yovvoyi tabiatning
152
uyg‘unlikka kirisha olishiga inkoniyat beradi. O‘zbekiston hududida har qanday
tabiat landshaftlarini; tog‘, vodiy, cho‘l, daryo va ko‘lni uchratish mumkin.
Trekking
O‘zbekistonning turfa xil maftunkor tabiati G‘arbiy Tyan-Shan tog‘i bo‘ylab
piyoda yurish va tog‘ning butun go‘zalligini his qilishni imkoniyatini beradi. Ko‘plab
alpinistlar va chang‘ichilar ekstrimal hissiyotlar qidirib balandligi 3309 metr bo‘lgan
Chimyon tog‘lariga intilishadi.
Otda sayr
Otda yurish har qanday yoshdagi va har qanday temperamentdagi odamga zavq
bag‘ishlaydi. Va bu bilan yil bo‘yi betakror iqlim sharoitlarida Shug‘illanish mumkin.
Otda yurishning eng mashxur yo‘nalishlaridan biri bu o‘zining flora va faunasi
bilan mashxur bo‘lgan Ugam-Chotqol milliy bog‘idir. Toshkentdan go‘zal vodiy
dengiz sathidan 1600 metr balandligda bo‘lgan katta va kichik Chimyon tog‘lari
etagida joylashgan dam olish maskani ”Chimyon oromgohi” ga 90 kilometrlik
masofani otda bosib o‘tishlari mumkin.
Bu yerda mahalliy otlar zotidan qurama qorabair va Shuningdek axaltek zotli
otlarda sayr qilish mumkin.
Tog‘ havosining turli xil gullar va o‘simliklarning isi bilan to‘lgan musaffoligi,
egarning g‘ichrlashi, ot tiyoqlarining bir xilda taqillashi va ochiq osmon ostidagi
hissiyotga to‘la kechki nonushta bir umrga unutilmas taasurotlar qoldiradi.
Tuyada sayohat
Olis o‘tmishdagi Buyuk Ipak Yo‘lining harakatini his qilmoqchi bo‘lsangiz
Qizil-Qum cho‘li bo‘ylab sayohatga taklif qilamiz. Qum uyimlari, quyoshning
ayovsiz jazirasi, har-har yerdagi saksavullar va tuya qo‘ng‘irog‘ining ovozi va faqat
cheksiz qumliklar...
Bahorning boshida hayot baxsh etuvchi yomg‘irlar cho‘lni qirmizi lolalar va
yashil maysalar gilami bilan qoplaydi lekin bu go‘zallik juda qisqa vaqt davom etadi.
Sayyohlar qulay avtomobillarini qoldirib tuyalarga minishadi va egzotik sayohatlarini
boshlashadi. Bu unutilmas taasurotlar qoldiradi. Tasavvur qiling qondek qizil shafaq,
153
yarqiragan qum uyimlari, o‘tovdagi tunlar, egzotik milliy toamlar, falklor tomoshalari
va issiq bundan yoqimli yana nima bo‘lishi mumkin?!
Xeli-ski va chang‘ida uchish
Birmuncha iliq ob-havo, butunlay shamolning yo‘qligi, 300 kun quyoshning
porlab turishi chang‘i uchish mumkin bo‘lgan qulayliklarnining, slalom, chang‘i
poygalari va tezlik bilan uchish turlarini borligi chang‘i ishqibozlarini qishki dam
olishlari uchun G‘arbiy Tyan-Shanda juda qulay imkoniyatlar mavjud.
So‘ngi yillarda “Chimyon-Chorvok-Beldirsoy” oromgohi yangi lekin tezlik
bilan rivojlanib borayotgan sport turlari heli-ski va free ride ishqibozlari uchun
mashxur joylardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun dengiz sathidan 1600-2400 m
yuqorida joylashgan oktabr oyidan mayga qadar qor bilan qoplanib turadigan
Chimyon tog‘lar qiyaliklarida xalqaro tog‘ chang‘isi me’yorlarga mos keladigan
tarzda sport ishqibozlari uchun qulayliklar yaratilgan.
Ko‘plab heli-skiing ishqibozlari uchun dengiz sathidan 4000 m yuqorilikdan
chang‘i uchish boshlanib vodiyda tugaydi. U yerda kuniga 6 marotaba hali chang‘i
uchilmagan qorda uchish imkoniyati bor.
Rafting
Mahalliy tez oqar daryolarda rafting bilan Shug‘illlanuvchi ishqibozlar
O‘zbekistonni “Osiyoning Shvetsariyasi” deb ham atashadi. Chotqol daryosi bo‘ylab
rafting bilan Shug‘ullanish bu sportning ishqibozlari uchun sevimli mashg‘ulot.
Ular yo‘nalishning ko‘p kunliligi, qiyinchiligi jixatidan 5- darajada turishi va
Shuningdek landshaft, to‘siqlarning ko‘pligiga qiziqishadi. Bu yo‘nalishda 50 dan
kam bo‘lmagan to‘siqlar ishqibozlarni kutib oladi. Ulardan eng qiyinlari sharsharalar,
tez oquvchi qiyaliklar, sayoz toshli, quyumlar, qoyali oqimlardir.
Golf
Qulay iqlim, toza havo, go‘zal manzara va tabiiy landshaft. Toshkent ko‘li
Golf klubi 108 gektarli 18 chuqurchadan, doimiy yashil maysalardan, ko‘plab
daraxtlar va qiyaliklardan, ko‘l va sharsharlardan iborat. Bular o‘yinga ya’nada tabiiy
to‘siqlar yaratib qiziqarli tus beradi. Go‘zal ko‘l, atrofidagi maydon 18
chuqurchalarni har biriga alohida xususiyat beradi. Bu yerda Shuningdek
154
Shug‘ullanish maydonlari, tennis kortlari, suzish basseynlari va saunalar xizmat
ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo‘lsada, u rivojlanishda ko‘pgina
sohalardan oldinga chiqib oldi.
Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega.
Yigirma yil avval O‘zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas
edi. Mustaqillikka erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar
ishlab chiqildi. 1992-yilning 27-iyulida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
farmoni bilan “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O‘zbekturizm” ning
asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni
rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat.
Bundan
tashqari,
milliy
kompaniya
respublikadagi
barcha
turistik
tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, turizmning barcha yo‘nalishlarining
rivoshlanishini rag‘batlantiradi, kadrlar masalasi bilan Shug‘ullanadi, moddiy-texnika
bazasini shakllantirishga va soha infrastrukturasi rivojiga investitsiya oqimini jalb
qiladi.
1993-yildan buyon bizning davlatimiz “Xalqaro turizm tashkiloti”
(UNWTO)ning a’zosi hisoblanadi. 2004-yildan boshlab Samarqandda – buyuk Ipak
yo‘lining “yuragi”da UNWTO ning transkontinental magistralda turizmni
koordinatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi ofisi faoliyat yuritib kelmoqda.
Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport
va mexmonhona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy
bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega-info-tur” – taniShuv
safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy axborot
vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik
mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini
optimallashtirish, hamda O‘zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o‘ziga hos
bo‘lishini ko‘rsatib berishda muhim ro‘l o‘ynaydi.
155
Bundan tashqari O‘zbekistonning turistik salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda
UNWTOning rahnamoligida o‘tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo‘lidagi turizm”
yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm
sohasidagi o‘zbek hamda horij mutaxassislarini birlashtirish, ular o‘rtasida
professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu
xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri sifatida nom
qozongan.
Afsonaviy o‘tmishi, Ipak Yo‘lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining
ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o‘tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik,
xalqning mehmondo‘stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga
soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O‘zbekiston barcha
burchaklaridan kishilarni o‘ziga jalb etadi.
Dostları ilə paylaş: |