F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

Toshkent turistik rayoni. Bu rayon Toshkent shahri va Toshkent viloyatini 
birlashtirib, respublikaning eng muhim turistik mintaqasi hisoblanadi. Toshkent- 
respublikamizning poytaxti sifatida sayyohlikning eng yirik markazlaridan biridir. 
Chunki, u transport tuguni sifatida (havo, temir yo‘l, avtomobil) muhim o‘rin tugadi. 
Shuningdek, Toshkent viloyatidagi mahalliy va xalqaro ahamiyatdagi sayyohlik 
maskanlari mintaqaning bu borada imkoniyatlarining nihoyatda kattaligidan dalolat 
beradi. Mazkur rayonda tarixiy obidalar, tabiiy rekreatsiya resurslari, suv omborlar, 
daryolar va shifobaxsh mineral suvlar, tog‘ manzilgohlari mavjud. Bu erda Oqtosh, 
Xumson, G‘azalkent, Tovoqsoy, Boldirsoy, CHorbog‘» CHimyon, Qumushkon, 
So‘qoq, Ohangaron, YAngiobod, Ertosh, Ko‘ksaroy, Qizilchi qabi dam olish va 
maskanlari kishilarning miriqib dam olishi hamda sog‘ligini tiklashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston o‘zining ko‘plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi 
va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o‘ziga tortmoqda. 
Asrlar mobaynida O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining savdo, savdogarlar va 
sayohatchilar, 
jo‘g‘rofiyashunoslar 
va missionerlar, isti’lochilar va zabt 
etuvchilarning yo‘lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O‘zbekiston tashabbuskor, 
madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor 
sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. 
Meros 
O‘zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy 
yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy 


147 
markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo 
me’rosi” ning maxsus ro‘yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas 
yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o‘tmish zamonlarni o‘zida aks ettirib, mamlakat 
tarixida katta rol o‘ynaydi. 
Toshkent 
Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti va Markaziy Osiyodagi eng katta 
shaharlardan biri. Olis o‘tmishdagidek hozirgi paytda ham Toshkent o‘zimizning 
O‘zbekiston Havo Yo‘llari va xalqaro aviakompaniyalar yordamida xalqaro transport 
yo‘nalishlarining chorrahasidir. 
Toshkent dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2009-yilda u o‘zining 
2200 yilligini nishonladi. Bir paytning o‘zida Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish 
markazidir, bu yerda 500 dan ortiq kompaniyalar turli xil mahsulotlar; samolyotdan 
traktorgacha, televizordan to`qimachilik va oyoq kiyimlargacha ishlab chiqaradi. 
Toshkent tez sur`atlarda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono‘par binolarning 
o‘zaro uyg‘unligida zamonaviy rivojlangan xalqaro megapolisga aylanmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning 
yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o‘zbek xalqining boy 
madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi 
joylashgan bo‘lib, uning ulkan ko‘k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini 
eslatadi. Uning eksponatlari O‘zbekiston hududida o‘rta asrlardagi davlatchilik 
shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat 
va san’atning rivojlanishini aks ettiradi. 
Samarqand 
Asrlar mobaynida O‘zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo‘li va qadimiy 
transkontinental magistral hayotida muhim rol o‘ynadi. Birgina Samarqand esa 
“Buyuk Ipak yo‘lining yuragi” deb nom oldi. 
Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo 
ko‘zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga 
teng bo‘lgan Samarqand o‘zining 2750-yilligini nishonladi. Samarqand buyuk 
qo‘mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur 


148 
davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o‘zining eng yuqori 
gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari 
amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o‘z davrining eng mohir hunarmand 
va ustalarini to‘pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. 
Amir Temurning nevarasi Ulug‘bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda 
Samarqandagi yodgorliklar go‘zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, 
maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin. 
Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy 
yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi 
bo‘lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori 
madrasalari qad ko‘targan. 
Go‘ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk 
davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim 
va mutaffakiri Mirzo Ulug‘bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari 
tig‘iz qilib joylashtirib chiqilgan g‘unchaga o‘xshash Go‘ri-Amir maqbarasi 
sayyohlar uchun juda taniqli joy. 
Registon maydoni, Go‘ri-Amir, Bibi-Honim, Shoxi-Zinda maqbaralari, 
Ulug‘bek rasadxonasi va Shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif 
buyuruvchilarni o‘ziga maftun qilib kelmoqda. 
Buxoro 
Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo‘lib kelmoqda. Uning 
yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni 
saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo‘lib qolaveradi. 
Huddi to‘r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo‘rg‘on va 
Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi 
ko‘plab masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas 
Buxoroning tengi yo‘q marvaridlaridan bo‘lib qoladi. 
Xiva 
Buyuk ipak yo‘li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U 
“ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko‘plab 


149 
me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning 
birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashganligi va bu 
yerdan karvon yo‘li o‘tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to‘rt tomoniga 
qaragan to‘rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq 
ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko‘rinish beradi. 
Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O‘zbekistondagi eng uzun 
minora Islom-Xo‘jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning 
charaqlagan ko‘k gumbazlari viqor bilan turadi. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi 
saqlanib qolgan bo‘lib ulardan eng mashxuri marosimlar o‘tkaziladigan, xon dam 
oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-xovli saroyidir. 
Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning 
ajoyibligini bilish, tor ko‘chalarini o‘rganish va ”ochiq osmon ostidagi muzey” ning 
asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi. 
Termiz 
Ko‘p qirrali O‘zbekiston tarixi Shubhasiz uning geografik joylashishini ham 
aks ettiradi. 
Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining 
o‘ng tomonida karvon yo‘lida asos solingan bo‘lib asosiy port sifatida 2500 yildan 
buyon shu vazifani bajaradi. 
Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi 
bo‘lgan. Qora-Tepadagi toshga o‘yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda 
ibodatxonasi, ko‘plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va 
budda sig‘inuvchilar uchun mashxur joy. 
Termiz faqatgina o‘zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. 
Bu yerda o‘rta asrlar boshiga tegishli bo‘lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar 
ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-
XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud. 


150 
Qoraqolpog`iston 
Bugunda Qoraqolpog`iston hozirgi davr va qadim o‘tmishni bog‘lovchi tirik 
rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va 
kashfiyotlari bilan o‘zining afsona va sirlarini bo‘lishishga tayyor. 
Qoraqolpog`istonda joylashgan Qirq-Qiz, Ayoz- Qala, Janbus-Qala, Ishan-
Qala maqbarasi, betakror Tuproq-qala va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy 
va ma’daniy qiziqishni uyg‘otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. 
An’analar 
Buyuk Ipak Yo‘li chorrahasida yashovchi o‘zbek xalqining an’ana va odatlari 
ko‘plab asrlar davomida zaroastritlar, so‘g‘diylar, baqtriyaliklar va ko‘chmanchi 
qabilalar urf odatlari va Shuningdek islom dini urf-odatlari tasiri natijasida 
shakllandi. 
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat mobaynida, sayyohlar nafaqat me’moriy 
yodgorliklarni ko‘rishi va shuningdek xalq bayramlarini nishonlashda ham ishtirok 
etishlari mumkin. 
(Misol uchun Navro‘z yangilanish, bahorgi bayram 21-mart kun va tun teng 
bo‘lgan vaqt). 
Har bir yo‘nalish sayyohlar mahalliy xalqni yashash tarzini ko‘rish, milliy 
taomlarni tatib ko‘rish va falklor shou dasturlarini ko‘rish uchun mahalliy 
xonadonlarga tashrifni o‘z ichiga oladi. 
Ayniqsa turli tumanligi bilan o‘zbek milliy oshxonasi diqqatga sazovor. 
Taomlar, ajdodlarning boy tajribasiga asoslangan xolda, o‘zbek xalqining xayot tarzi 
va madaniyatini aks ettiradi. Har qanday nozik tabli xo‘rranda ham zirovarlar isi bilan 
to‘lgan o‘zbek mehmonnavozligiga befarq tura olmaydi. 
Bozorlar 
Sharqona bozorlar haqidagi an’anaviy tasavvurlar; to‘kin-sochinlilik, 
xushmanzaralilik, shovqunlilikni O‘zbekiston bozorlarida yaqqol ko‘rish mumkin. 
Yaxshi bozor maxsulotlar bilan to‘lib toshishi, rang barang, baland ovoz va 
hayqiriqlar eshitilib turilishi, savdolashish bo‘lishi kerak. 


151 
Mevalar va sabzavotlar rastasi oldidan o‘tayotgan har qanday odam mo‘l-
ko‘llikdan va rangbaranglikdan hayratda qoladi. Sharq bozorlari ayniqsa yoz va 
kuzda hayratlanarli tusga kiradi. 
Bozorning qizg‘in hayoti erta tongda boshlanib kech tushganda tugaydi. 
Savdogarlarning mijozlarni chaqirishi, avtomabillar shovqini, milliy musiqa ovozi, 
zirovorlar isi va qovurilgan go‘sht hidi, rastalardagi rang-barang mevalar va 
sabzavotlar sharqona bozorning takrorlanmas jozibasini yaratadi. 
Mehmonxonalar 
Qadimdagi karvonsaroylar o‘rnini zamonaviy qulay mehmonhonalar egalladi. 
Sayyohlik hududlarda joylashgan mejmonxonalar har qanday mehmonning talabini 
qondirishi mumkin. Yagona “qiyinchilik” didga mos keluvchi dizayn yoki komfortni 
tanlashda bo‘lishi mumkin. Yevropa uslubini xush ko‘ruvchilar uchun zamonaviy 
interyerlarga ega mexmonxonalar, aksincha sof ma’nodagi sharqona muhitni 
hohlovchilarga esa o‘zining naqshli eshiklari, rang–barang gilamlardan tortib 
sharqona ayvonlargacha ega bo‘lgan mexmonxonalar ham muhayyodir. Toshkent, 
Samarqand, Buxoro va Urganch kabi katta shaharlardagi birinchi darajali 
mehmonhonalardan foydalanishingiz mumkin. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 350 dan ortiq mehmonhonalar sayyohlarni qabul 
qilib xalqaro standartlarga mos ravishda xizmatlar ko‘rsatmoqda. 
Transport 
O‘zbekiston hozirda rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Manzilga 
yetib olishingiz uchun sizga Buyuk Ipak Yo‘li davridagidek bir oy kerak emas. 
O‘zbekiston bo‘ylab katta shaxarlarga aviatsiya yordamida yetib olish tez va qulay. 
Sayyohlar mamlakatning chiroyli manzaradan qulay va tez bo‘lgan transport 
vositasi mashina yoki avtobuslardan foydalanadilar. 
Aktiv sayohatlar 
O‘zbekiston faqatgina tarixiy va afsonaviy me’morchiligi bilan mashxur bo‘lib 
qolmasdan, aktiv sayyohlik yo‘nalishlariga ham ega. Mamlakatimizning geografik 
jihatdan qulay joylashganligi bu yerda zamonaviy qulaylik va yovvoyi tabiatning 


152 
uyg‘unlikka kirisha olishiga inkoniyat beradi. O‘zbekiston hududida har qanday 
tabiat landshaftlarini; tog‘, vodiy, cho‘l, daryo va ko‘lni uchratish mumkin. 
Trekking 
O‘zbekistonning turfa xil maftunkor tabiati G‘arbiy Tyan-Shan tog‘i bo‘ylab 
piyoda yurish va tog‘ning butun go‘zalligini his qilishni imkoniyatini beradi. Ko‘plab 
alpinistlar va chang‘ichilar ekstrimal hissiyotlar qidirib balandligi 3309 metr bo‘lgan 
Chimyon tog‘lariga intilishadi. 
Otda sayr 
Otda yurish har qanday yoshdagi va har qanday temperamentdagi odamga zavq 
bag‘ishlaydi. Va bu bilan yil bo‘yi betakror iqlim sharoitlarida Shug‘illanish mumkin. 
Otda yurishning eng mashxur yo‘nalishlaridan biri bu o‘zining flora va faunasi 
bilan mashxur bo‘lgan Ugam-Chotqol milliy bog‘idir. Toshkentdan go‘zal vodiy 
dengiz sathidan 1600 metr balandligda bo‘lgan katta va kichik Chimyon tog‘lari 
etagida joylashgan dam olish maskani ”Chimyon oromgohi” ga 90 kilometrlik 
masofani otda bosib o‘tishlari mumkin. 
Bu yerda mahalliy otlar zotidan qurama qorabair va Shuningdek axaltek zotli 
otlarda sayr qilish mumkin. 
Tog‘ havosining turli xil gullar va o‘simliklarning isi bilan to‘lgan musaffoligi, 
egarning g‘ichrlashi, ot tiyoqlarining bir xilda taqillashi va ochiq osmon ostidagi 
hissiyotga to‘la kechki nonushta bir umrga unutilmas taasurotlar qoldiradi. 
Tuyada sayohat 
Olis o‘tmishdagi Buyuk Ipak Yo‘lining harakatini his qilmoqchi bo‘lsangiz 
Qizil-Qum cho‘li bo‘ylab sayohatga taklif qilamiz. Qum uyimlari, quyoshning 
ayovsiz jazirasi, har-har yerdagi saksavullar va tuya qo‘ng‘irog‘ining ovozi va faqat 
cheksiz qumliklar... 
Bahorning boshida hayot baxsh etuvchi yomg‘irlar cho‘lni qirmizi lolalar va 
yashil maysalar gilami bilan qoplaydi lekin bu go‘zallik juda qisqa vaqt davom etadi. 
Sayyohlar qulay avtomobillarini qoldirib tuyalarga minishadi va egzotik sayohatlarini 
boshlashadi. Bu unutilmas taasurotlar qoldiradi. Tasavvur qiling qondek qizil shafaq, 


153 
yarqiragan qum uyimlari, o‘tovdagi tunlar, egzotik milliy toamlar, falklor tomoshalari 
va issiq bundan yoqimli yana nima bo‘lishi mumkin?! 
Xeli-ski va chang‘ida uchish 
Birmuncha iliq ob-havo, butunlay shamolning yo‘qligi, 300 kun quyoshning 
porlab turishi chang‘i uchish mumkin bo‘lgan qulayliklarnining, slalom, chang‘i 
poygalari va tezlik bilan uchish turlarini borligi chang‘i ishqibozlarini qishki dam 
olishlari uchun G‘arbiy Tyan-Shanda juda qulay imkoniyatlar mavjud. 
So‘ngi yillarda “Chimyon-Chorvok-Beldirsoy” oromgohi yangi lekin tezlik 
bilan rivojlanib borayotgan sport turlari heli-ski va free ride ishqibozlari uchun 
mashxur joylardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun dengiz sathidan 1600-2400 m 
yuqorida joylashgan oktabr oyidan mayga qadar qor bilan qoplanib turadigan 
Chimyon tog‘lar qiyaliklarida xalqaro tog‘ chang‘isi me’yorlarga mos keladigan 
tarzda sport ishqibozlari uchun qulayliklar yaratilgan. 
Ko‘plab heli-skiing ishqibozlari uchun dengiz sathidan 4000 m yuqorilikdan 
chang‘i uchish boshlanib vodiyda tugaydi. U yerda kuniga 6 marotaba hali chang‘i 
uchilmagan qorda uchish imkoniyati bor. 
Rafting 
Mahalliy tez oqar daryolarda rafting bilan Shug‘illlanuvchi ishqibozlar 
O‘zbekistonni “Osiyoning Shvetsariyasi” deb ham atashadi. Chotqol daryosi bo‘ylab 
rafting bilan Shug‘ullanish bu sportning ishqibozlari uchun sevimli mashg‘ulot. 
Ular yo‘nalishning ko‘p kunliligi, qiyinchiligi jixatidan 5- darajada turishi va 
Shuningdek landshaft, to‘siqlarning ko‘pligiga qiziqishadi. Bu yo‘nalishda 50 dan 
kam bo‘lmagan to‘siqlar ishqibozlarni kutib oladi. Ulardan eng qiyinlari sharsharalar, 
tez oquvchi qiyaliklar, sayoz toshli, quyumlar, qoyali oqimlardir. 
Golf 
Qulay iqlim, toza havo, go‘zal manzara va tabiiy landshaft. Toshkent ko‘li 
Golf klubi 108 gektarli 18 chuqurchadan, doimiy yashil maysalardan, ko‘plab 
daraxtlar va qiyaliklardan, ko‘l va sharsharlardan iborat. Bular o‘yinga ya’nada tabiiy 
to‘siqlar yaratib qiziqarli tus beradi. Go‘zal ko‘l, atrofidagi maydon 18 
chuqurchalarni har biriga alohida xususiyat beradi. Bu yerda Shuningdek 


154 
Shug‘ullanish maydonlari, tennis kortlari, suzish basseynlari va saunalar xizmat 
ko‘rsatib turibdi. 
O‘zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo‘lsada, u rivojlanishda ko‘pgina 
sohalardan oldinga chiqib oldi. 
Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. 
Yigirma yil avval O‘zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas 
edi. Mustaqillikka erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar 
ishlab chiqildi. 1992-yilning 27-iyulida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
farmoni bilan “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O‘zbekturizm” ning 
asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni 
rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat. 
Bundan 
tashqari, 
milliy 
kompaniya 
respublikadagi 
barcha 
turistik 
tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, turizmning barcha yo‘nalishlarining 
rivoshlanishini rag‘batlantiradi, kadrlar masalasi bilan Shug‘ullanadi, moddiy-texnika 
bazasini shakllantirishga va soha infrastrukturasi rivojiga investitsiya oqimini jalb 
qiladi. 
1993-yildan buyon bizning davlatimiz “Xalqaro turizm tashkiloti” 
(UNWTO)ning a’zosi hisoblanadi. 2004-yildan boshlab Samarqandda – buyuk Ipak 
yo‘lining “yuragi”da UNWTO ning transkontinental magistralda turizmni 
koordinatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi ofisi faoliyat yuritib kelmoqda. 
Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport 
va mexmonhona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy 
bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 
Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega-info-tur” – taniShuv 
safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy axborot 
vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik 
mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini 
optimallashtirish, hamda O‘zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o‘ziga hos 
bo‘lishini ko‘rsatib berishda muhim ro‘l o‘ynaydi. 


155 
Bundan tashqari O‘zbekistonning turistik salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda 
UNWTOning rahnamoligida o‘tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo‘lidagi turizm” 
yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm 
sohasidagi o‘zbek hamda horij mutaxassislarini birlashtirish, ular o‘rtasida 
professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu 
xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri sifatida nom 
qozongan. 
Afsonaviy o‘tmishi, Ipak Yo‘lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining 
ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o‘tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, 
xalqning mehmondo‘stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga 
soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O‘zbekiston barcha 
burchaklaridan kishilarni o‘ziga jalb etadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin