F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

 
Tayanch iboralar 
Arab mamlakatlari turizmi, Arab mamlakatlari turmahsulotlari, sotuvlar sohasi, 
sotuvchilari, turmahsulot iste’molchilari, turistik eksport, import, iqtisodiy holati. 
 
Nazorat savollari 
1. Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlarning jahon turizmidagi roli. 
2. Yaqin Sharq mintaqasidaga mamlakatlarning turistik salohiyati 
3. Yaqin Sharq mintaqasi turizmning rivojlanish dinamikasi 
4.Birlashgan Arab Amirligining turistik salohiyati va imkoniyatlari 
 


144 
19-bob. O‘ZBEKISTON TURIZMI GEOGRAFIYASI
19.1. O‘zbekistonda turizmning shakllanishi va rivojlanishi 
19.2. Respublika turistik salohiyati 
 
19.1. O‘zbekistonda turizmning shakllanishi va rivojlanishi 
O‘zoq tarixdan ma’lumki, mintaqaning rivojlanishida turizmning hissasi 
nihoyatda yuqori bo‘lgan. Chunki, u «Buyuk ipak yo‘li» tugunida joylashgan bo‘lib, 
savdo sotiq va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy aloqalardan tushgan daromadlar mamlakat 
xazinasiga katta ulush qo‘shganligi Shubhasidir. G‘arb bilan sharqni ya’ni qadimiy 
Rim bilan Xitoyni bog‘laydigan «Buyuk Ipak yo‘li» eramizdan avvalgi II asriga borib 
taqaladi. Buyuk Ipak yo‘lida hududimiz yetakchi rolni o‘ynab kelgan, ayniqsa 
Samarqand, Buxora, Xiva, Termiz shaharlari Karvon yo‘lidagi asosiy manzillar 
bo‘lgan. Ularning yanada rivojlanishida hududni qo‘lay geografik o‘rni muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Bizning hududimizdan etishib chiqqan dunyoga mashhur allomalar, va diniy 
uyushmalar, xadisShunoslar, qadimiy obidalar yaratuvchilar bo‘lib, ular har xil 
sabablarga ko‘ra, turli joylarda safarlarda bo‘lishgan. Ular Imom Al-At-Termiziy, 
Bahouddin Nashqband, Maxdumi A’zam, Al-Matrudiy, Al-Farg‘oniy, Xo‘ja Ahror 
Vali, Xo‘ja Ahmad YAssaviy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo 
Ulug‘bek, Zahriddin Bobir, Alisher Navoiy kabi buyuk siymolarning milliy, 
ma’naviy, madaniy me’rosi va yaratuvchanlik bizning ulkan boyligimiz hisoblanadi. 
Bular dunyo sayyohlarida katta qiziqish o‘yg‘otib kelmoqda. Xususan tarixiy 
obidalarga boy bo‘lgan shaharlari, o‘ziga xos bo‘lgan tabiati bilan hamisha jahon 
sayyohlarini jalb qilib kelgan. 
O‘zbekiston turizmining o‘tmishiga e’tibor berilsa, u uzoq tarixga borib 
taqalsada, ammo alohida tarmoq sifatida Yaqinda paydo bo‘lgan, dastlabki 
ekskursiya sayohati byurosi 2996- yilida ochildi va birdaniga O‘zbekiston kasaba 
uyushmasi berilib, uning qoshida «Turizm ekskursiya boshqarmasi» tashkil etildi. 
1962- yilda «Turizm-ekskursiya kengashi» yuzaga keladi.


145 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin