F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


 Birlashgan Arab Amirliklarini turistik salohiyati



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

18.2. Birlashgan Arab Amirliklarini turistik salohiyati
18.1. Yaqin Sharq mintaqasi turizmi geografiyasi. 
Butun jahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2011- 
yilda jahonda turistiq oqimlar 4,4% ga ko‘paydi. 2010-yildagi 940 mln dam 
oluvchilarga nisbatan 2011-yilda 981 mln kishiga etdi. 2012-yilda xalqaro turizm 
oqimlari 1 mlrdga etishi bashorat qilingan edi.
Yaqin Sharq mintaqasida 2011-yilgi to‘ntarishlar tufayli bo‘lgan yo‘qotishlar 
(5% gacha) asta–sekin o‘z o‘rniga qaytishi bashorat qilindi. SAP va BAA kabi 
barqaror mamlakatlar keyinchalik ham o‘zlarining barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab 
qolishlari kutilmoqda.
Yaqin Sharq o‘zining noyob madaniyati va ananalariga boydir. Sektor 
infrastrukturasi va yo‘lovchilarni havoda tashish imkoniyatlari kengayib bormoqda. 
Davom etayotgan o‘zgarishlar ulkan imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Agar BAA 
haqida gapiradigan bo‘lsak, yildan–yilga Amirliklar mamlakatda o‘zining barqaror 
siyosiy holati va rivojlangan infrastrukturasi, qulay iqlim sharoiti va xizmatning 
yuqori standartlari tufayli turistlar uchun yanada jozibali bo‘lib kelmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari ko‘plab o‘ziga xos jihatlari bilan boshqa arab 
mamlakatlaridan ajralib turadi. BAA eng boy arab mamlakatlarining biri bo‘lib, 
ulkan cho‘lu biyobonlar ichida oazis bo‘lib ko‘rinadi. Mamlakatning poytaxti Abu 
Dabi amirligi bo‘lsada, lekin turistlarni Dubay amirligi o‘ziga jalb etadi. Ushbu 
shaharning diqqatga sazovor joylari turli ommaviy axborot vositalari orqali juda ham 
yaxshi reklama qilinadi. Hozirgi kunda biror bir shahar Dubay bilan tenglasha 
olmaydi. Yuqori tezlikda qurilayotgan turli xil ko‘rinishdagi arxitektura binolari 
amirlikni cho‘l ichida zamonaviy megapolisga aylantirdi. 
BAA bugungi kunda turizm markazlaridan biriga aylanishiga va amirliklarda 
turizm sanoatining rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
–Geografik jihatdan qulay yerda joylashganligi; 


140 
–Mavsumiy qulay iqlim sharoiti; 
–Yuqori darajada infrastrukturaning rivojlanganligi;
Oldingi paytlardan buyon BAA g‘arbdan sharqqa va shimoldan janubga olib 
boruvchi asosiy yo‘llarning chorrahasi bo‘lib hisoblanadi. BAA - Yevropa, Osiyo va 
Afrika mintaqalaridan bir xil uzoqlikda joylashgan. 
Lekin turistlarni jalb qilish uchun birgina qulay geografik sharoitning 
mavjudligi etarli bo‘lmaydi. Turizm sanoatining rivojlanishiga birinchilardan bo‘lib 
Dubay amirligi mablag‘lar ajratgan. Ayniqsa neft bumi davrida hukumat neft 
dollarlarini infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirgan. Loydan qilingan uylarning 
o‘rniga zamonaviy binolar, mehmonxonalar, banklar, bolalar uchun ko‘ngilochar 
markazlar qurila boshlandi. Juda ham katta mablag‘larning jiddiy va uzoqqa 
mo‘ljallangan loyihalarga kiritilishi BAAni XXI asrda katta siljishlar bilan rivojlanib 
ketishiga olib kelgan. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin