136
barcha aholisi arab tilida so‘zlashadi va islom diniga e’tiqod qiladi. Ko‘p zamonaviy
shaharlariga ham arablar asos solganlar.
Shimoliy Afrikaning xo‘jalik hayoti Kashbar dengiz bo‘yi hududlarida
to‘plangan. Bu yerlarda sanoatning asosiy ishlab chiqaruvchi markazlari,
subtropik
dehqonchilikning yetakchi rayonlari joylashgan. Tabiiyki, region aholisining deyarli
barchasi Shu polosada to‘plangan. Qishloq joylarda yassi hamda loy tomli paxsa va
xom g‘ishtli uylar eng ko‘p tarqalgan. SHaharlar qiyofasi ham nihoyatda o‘ziga xos.
Mana Shuni hisobga olib etnograf, ya’ni elshunoslar
alohida arab shahri tipini
ajratadilar. Bu shaharlar ham odatda boshqa sharq shaharlari kabi ikki qismga - eski
shahar va yangi shaharga bo‘lingan bo‘ladi.
Eski shaharlarning asosini, odatda kasba, ya’ni baland joyda,
tepalikda
joylashgan istehkom tashkil etadi. Kasbani eski shaharning boshqa dahalari zich
xalqa tarzida o‘ralib turadi: bu dahalar tomi yassi, hovlisi gir aylantirib devor bilan
o‘rab olingan pastak uylardan tashkil topgan bo‘ladi.
Bu - dahalarning eng ajoyib,
e’tiborga loyiq qismi - rang-barang sharq bozorlaridir. Ko‘pincha himoya devorlari
bilan o‘rab olingan bu eski shahar Madina deyiladi.
Madinadan tashqarida shaharning yangi, zamonaviy qismi joylashadi.
SHaharning bu yangi qismi ham ko‘pincha shahar kambag‘allarining haroba kulbalari
xalqasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bunday keskin tafovutlar eng katta shaharlar
qiyofasida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi: bu shaharlarning
qiyofasi faqat milliy
ruhda bo‘lmay, kosmopolitik belgilarga ham egadir.
Shimoliy Afrika hududining janubiy qismi aholisi juda siyrak tarqalgan, asosan
dehqonchilik bilan Shug‘ullanadi. Boshqa hududlarda faqat tuya boquvchi
ko‘chmanchilar yashaydi. Saxroi Kabirning Jazoir va Liviya qismlarida esa neft
konlari mavjud.
Shimoliy Afrikaning janubiy qismida nafaqat turizm boshqa sohalar ham kam
rivojlangan mamlakatlar joylashgan.
Shimoliy Afrikada asosan Tunis va Marokash mamlakatlari xalqaro turizm
rivojlangan hududlar hisoblanadi.
137
Tunisda asosan plyaj turizmi yaxshi rivojlangan.
Tunisda xalqaro turizm
«Cho‘ldagi bo‘ron» urishidan keyingina rivojlana boshlandi, urishgacha bo‘lgan
davrda 1,5-1,7 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurar edi. Urish yillari davrida ularning
soni uch marotabaga qisqarganligi kuzatilgan.
1990-yilgacha bu mamlakat turizm bozoriga asosan Fransiyalik mehmonlar
tashrif buyurar edilar, chunki 1965-yilgacha Tunis Fransiyaning mustamlakasi bo‘lib
kelgan. 1991-yildan boshlab Yevropaning bir qator mamlakatlari Germaniya, Buyuk
Britaniya, Arab mamlakatlaridan ham mehmonlar tashrif buyura boshladi.
1990-yilda shimoliy Afrika mamlakatlariga 8,4 mln. xorijiy turistlar tashrif
buyurgan bo‘lsa, 2000-yilda 10,1 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. 2000-yil
tashrif buyurgan xorijiy turistlarning 90,8%i yoki 9170,0 mln. xorijiy turistlar Tunis
va Marokash mamlakatlariga to‘g‘ri kelganligi kuzatilgan.
Tunis mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy
tahlil natijalarini
ko‘rsatishicha, jahon turistik tashriflarning 0,72%i, Afrika mintaqasi mamlakatlariga
qilingan tashriflarning 17,4% Tunis mamlakatiga to‘g‘ri kelgan. 2011-yilga nisbatan
2012-yilda xorijiy turistlar tashrifi 6,0%ga kamaygan.
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 0,30%i
Afrika mintaqasi tushimlari bo‘yicha 12,1%ni tashkil qilgan. 2011-yilga nisbatan
2012-yilda daromadlar miqdori 11,4%ga pasayganligi kuzatilgan (5.4.1-jadval).
Har bir xorijiy tashrif Tunis mamlakatida 280 AQSH dollarni tashkil etgan. Bu
ko‘rsatkich jahon bo‘yicha 141,1%ga, Afrika mintaqasi bo‘yicha 44,6%ga past
bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: