F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


Janubiy Osiyo mintaqasining geografik joylashuvi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

 
16.1.Janubiy Osiyo mintaqasining geografik joylashuvi 
Janubiy Osiyo Yevrosiyoning janubida joylashgan. U tabiiy sharoiti bir-biridan 
tubdan farq qiladigan eng baland Himolay tog‘ tizmalarini, yassitog‘likdan tashkil 
topgan Hindision yarimorolini va allyuvial yotqiziq lardan hosil bo‘lgan Hind-Gang 
pasttekisligini o‘z ichiga oladi. Quyida ularga umumiy tabiiy-geografik tavsif 
beramiz.
16.1-rasm. Himolay tog‘lari. 
Himolay «qorlar makoni» demakdir. U Tibet tog‘ligi va Hind-Gang 
pasttekisligi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uzunligi 2400 km ga va eni 200-300 km ga 
cho‘ziladi. O‘rtacha balandligi 6000 m. Bu tog‘ tizmasida har biri 8000 m dan baland 
11 ta cho‘qqi bor. Eng balandi Jomolungma cho‘qqisi - 8848 m. 
Himolay tog‘lari Alp burmalanishida shakllangan bo‘lib, yosh tog‘lar tizimiga 
kiradi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasi Shu hududdan o‘tadi. Bu mintaqa o‘ta 
faol bo‘lib, unda kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. 
Himolay tog‘larining iqlimi tropik (g‘arbiy bo‘lagi) va subekvatorial (Sharqiy 
bo‘lagi) iqlim mintaqalariga xos. Musson shamollarining ta'siri juda kuchli. Bu holat 
Himolay tog‘lari tabiatining juda xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Bu yerda tog‘ 
etaklariga xos bo‘lgan botqoqlangan terayalardan tortib, tog‘ yonbag‘irlaridagi 


126 
doimiy yashil o‘rmonlarni, butazor va baland tog‘ o‘tloqlarini hamda doimiy qorlar 
va muzliklarni ko‘ramiz. 
Himolay tog‘larida Himolay ayig‘i, tog‘ qo‘yi, yovvoyi yaklar va turli 
kemiruvchi hayvonlar yashaydi. 
16.2. Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qilishi  
Himolay tog‘laridan janubda uzunligi 3000 km ga boradigan Hind-Gang 
pasttekisligi joylashgan. Bu pasttekislik tog‘oldi bukilmasida vujudga kelgan va 
tog‘lardan tushgan nuroq jinslar bilan to‘la borgan. Hind vodiysida tropik, Gang 
vodiysida esa subekvatorial musson iqlim tarkib topgan. Aprel-may oylarida havo 
juda isib, harorat +40°C dan ham oshadi, daryolar suvi kamayib ketadi. Iyun oyidan 
boshlab musson shamollari yog‘in olib keladi, harorat pasayadi va tabiat jonlanadi. 
Gang daryosining quyi oqimida yog‘in miqdori 2500 mm ga yetadi. Bu yerda 
yomg‘ir vaqt-vaqti bilan jala tarzida yog‘adi va suv toshqinlari bo‘lib turadi. Lekin 
Hind daryosining sharqida iqlim qurg‘oqchil, yomg‘ir juda kam yog‘adi. Hatto bu 
yerdagi Tar cho‘lida yiliga 100-150 mm yog‘in yog‘adi. Chunki pasttekislikning 
g‘arbida tropik iqlim hukmron, iyul oyining o‘rtacha harorati +35°C, yanvarda +20°C 
ga teng. 
Hind-Gang pasttekisligida musson iqlimli o‘rmonlar kam uchraydi. Gang va 
Braxmaputra deltasida qalin mangrazorlar va doimiy yashil o‘rmonlar bor. G‘arbiy 
qismida sho‘rxok va qumli cho‘llar mavjud. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin