121
15-bob. OSIYO – TINCH OKEANI MINTAQASI TURIZMI GEOGRAFIYASI
15.1. Osiyo – Tinch okeani mintaqasining turistik salohiyati
15.2. Osiyoga va Tinch okeani mintaqasida amalga oshiriluvchi sayohatlar
15.1. Osiyo – Tinch okeani mintaqasining turistik salohiyati
Yevropa va Amerika mintaqasidan keyin, Sharqiy
Osiyo va Tinch okeani
mintaqasi mamlakatlari, turizm sohasida o‘zining yuqori darajada tez rivojlanishi
bilan ajralib turadi. Mintaqaning ayrim mamlakatlarida keyingi yillarda aniqrog‘i
1990-yildan boshlab turizm industriyasi nihoyatda tez sur’atlarda rivojlana boshladi.
Ayniqsa Xitoy va uning boshqa hududlari hisoblangan Gongkong, Makao va Tayvan
Shuningdek,
Malayziya, Tailand,
Singapur, Koreya respublikasi, Avstraliya,
Yaponiya, Indoneziya, Yangi Zelandiya, Filippin mamlakatlari turizm sohasida juda
katta natijalarga erishib kelmoqda.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr Osiyo-Tinch Okeani hududidagi
mamlakatlar iqtisodiyoti uchun o‘ziga xos “sakrash” yillari bo‘ldi. Ko‘p
yillar
mobaynida o‘rtacha va qoloq bo‘lib kelgan davlatlar tarixan qisqa vaqt ichida ulkan
yutuqlarga erishdi. 1970-yillar ohiriga kelib, Singapur va Gongkong Sharqiy
Osiyodagi eng yirik moliya markaziga aylanishdi. 1980-yillar o‘rtasiga kelib
Gongkongning chet ellardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalari 2
mlrd dollarni,
Singapurda esa – 1 mlrd dollarni tashkil qildi.
Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarida hamma sohalar bo‘yicha
iqtisodiy hamkorlik va integratsiya jarayonlari kuchayib bormoqda. Deyarli 30 yil
mobaynida janubiy va Sharqiy Osiy mamlakatlari uyushmasi ASEAN muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Unga Osiyodagi to‘rtta «Ajdaho»dan biri – Singapur,
Shuningdek, «Yangi to‘lqin», yangi industrial mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya,
Tailand, Bruney va Filippin mamlakatlari kiradi.
Ushbu guruh doirasida o‘zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarini amalga
oshirib hamma sohalar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish va rivojlanishga erishmoqdalar.
Turizm sohasida mintaqa bo‘yicha Xitoy, Gonkong, Indoneziya, Malayziya,
Singapur, Tailand dunyo turizm markazlari ichida eng sevimli va yuqori darajadagi
talabga sazovor bo‘lmoqdalar.
122
Osiyo va Tinch okeani mamlakatlariga 2002-yilda qilingan xorijiy tashriflar
131,3 million kishini tashkil qilgan. 2001-yilga nisbatan 8,4% ga o‘sish kuzatilgan.
1970-80 yillarni oladigan bo‘lsak 1970-yilda 5,3 mln. xorijiy turistlar tashrif
buyurgan bo‘lsa, 1980-yilga kelib 20,9 mln. turistlar tashrif buyurgan. O‘n yil ichida
o‘sish sur’atlari 194,4% ni tashkil etgan.
1980-90 yillar xorijiy turistlar tashrifi 2,5
marttaga oshgan, 1980-yilda 20,9
mln. turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 1990-yilda esa 52,3 mln. turistlar tashrif
buyurgan. O‘sish sur’atlari esa 149,3% ni tashkil etgan.
Respublikamizda xalqaro turizm bozorini rivojlantirish, uni jahon andozalari
talabi asosida shakllantirish va Shu orqali iqtisodiyotni
yanada yuksaltirish
imkoniyatlariga ega bo‘lamiz. Xalqaro turizm bozorida, kuchli raqobat kurashi
sharoitida ko‘zlangan maqsadga erishish uchun eng avvalo aniq yo‘nalish, doimiy
ravishda izlanish, faoliyatni jahon andozalari darajasida tashkil etish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: