F. M. Xalimova turizm geografiyasi o‘quv qo‘llanma


Davlatning turistik oqimlari geografiyasi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/86
tarix20.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#133305
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
43268edc535ab8ed1b63397f9298c36b TURIZM GEOGRAFIYASI

14.2. Davlatning turistik oqimlari geografiyasi 
AQSh-sayohatchilarni tarixan jalb qiladigan buyuk davlatdir. XXI asr amerika 
turizm industriyasi uchun haqiqiy sinov davri bo‘ldi. 2001-yil 11-sentabr voqealari 
turizm faolligidagi barcha ko‘rsatkichlarni tushib ketishga olib keldi. Nyu-Yorkdagi 
hodisalardan so‘ng mamlakatning turizm bozorida haqiqiy vaqima avj oldi. 
Aviachiptalar narxi 50 % gacha arzonlashtirilsa ham amerikaliklar samolyotlarda 
parvoz qilishdan qurqib qoldilar. Bu esa turizm bozoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, 
mijozni mamlakatning istalgan hududiga avtomobilda eltib quyuvchi kompaniyalar 
vujudga keldi. Birinchi navbatda bular kompaniya ishlari bo‘yicha xizmat safariga 
boruvchi 
beznesmenlarga 
qaratiladi. 
1998-yildan 
2002-yilgacha 
davrda 


118 
konferensiyalarni qo‘shib hisoblaganda kasb-amaliy maqsadlardagi tashriflar 14 % ga 
tushib ketdi. 
Umuman 
mamlakatga 
turistlarning 
tashqi 
oqimi 
2000-yil 
sentabr 
ko‘rsatkichlariga nisbatan 30 % ga pasaydi.
Ichki turizm. Amerikaliklarning aksariyat qismi o‘z davlatlarida sayohat 
qilishni afzal ko‘radilar: turistik tashriflarni 95 % i ichki, faqatgina 5% i chet elga 
sayohatni amalga oshiradilar. TIA ma’lumotlariga ko‘ra 2005-yilda 1,14 mlrd 
mamlakat ichida personal tashriflar amalga oshirilgan. Bunday tashriflar 10 yil 
davomida (1994-2003yy) 9,8 % ga o‘sdi. Ichki turizmga hatto 2001-yildagi turizm 
industriyasidan tushgan 560,5 mlrd.dol.ni faqatgina 96,7 mlrdi xalqaro turizmga 
qolgan 464,8 mlrd ichki turizmga to‘g‘ri keldi. Ichki turizm birinchilardan bo‘lib 11 
sentabr inqirozini bartaraf etdi. 2003-yilda ichki turizmdan tushgan daromadlar 2002 
yilga taqqomlaganda 3,5 % ga ko‘paydi.
Amerikaliklar mamlakatni turli maqsadlarda ketadilar. 82 % i uchun 
tashrifning asosiy motivi –dam olish 12 % i – biznes bilan Shug‘ullanish. 
Amerikaliklar sayohatida maqsad va mashg‘ulotlar ichida eng ko‘proq shoping 
(30 %), oilaviy va ommaviy bayramlarda ishtirok etish (27 %), tabiatda dam olish (11 
%). Muzeylar va tarixiy joylarga tashrif buyuruvchilar 8 % ni, galeriya va san’at 
muzeylari – 2% ni tashkil qiladi. Transport vositalaridan avtomobil yoki treylar 
(784%), 11 sentabr voqealaridan so‘ng samolyotda atigi 16 %. Avtobus va poezdlar 
mos ravishda 2 % 1 % ni afzal ko‘radilar. 
AQShning turistlar eng tashrif buyuradigan shtatlari Koliforniya va Florida. 
Ulardan keyin esa, Nyu-York va Texas, Pensilvaniya shtatlaridir. 
Kiruvchi turizm. Turizmni ommaviyligi bo‘yicha AQSh, Fransiya va 
Ispaniyayadan so‘ng uchunchi o‘rinni egallaydi. 
So‘nggi yillarda jahon turizm bozorida AQSHning pozitsiyasi kuchsizlanib
uning ulushi qisqarmoqda. 1995-yilda Ispaniya turistlar tashrifi miqdori bo‘yicha 
AQSHni ortda qoldirdi. (4,1 mln). 2003-yilda esa bu farq 11 mln. tashrifga Ispaniya 
hisobiga ko‘paydi. Fransiya esa, AQSHni qariyib 2 marotabaga (75 mln. tashrif) 


119 
ortda qoldirilmoqda. 2014-yil ma’lumotiga ko‘ra AQSH turistik tashriflar bo‘yicha 
birinchi o‘rinda. (83,7 mln) 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin