128
dollarini tashkil etgan. Jahon turizm tashriflarining 0,76%i, jahon turizm
tuShumlarining 0,94%i to‘g‘ri kelgan. Bu mintaqada siyosiy barqarorlik, o‘zaro
kelishmovchiliklar, turizm sohasi bo‘yicha sarmoya siyosatini yaxshi yo‘lga
qo‘yilmaganligi sababli, xalqaro turizm sust darajada rivojlangan.
Janubiy Osiyo mintaqasi xorijiy turistlarni o‘ziga jalb qilish bo‘yicha 2018-
yilda tarixiy ahamiyatga molik muvaffaqiyatlarga erishdi. 2018-yilda jahon turizm
harakatlari 5,7% ga o‘sishga erishilgan edi. Janubiy Osiyo mintaqasida oldingi yilga
nisbatan o‘sish sur’atlari 6,8% ni tashkil etdi. Bu yillik o‘sish dunyo bo‘yicha
o‘rtacha o‘sishdan yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Bu mintaqada xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar bo‘lib o‘tmagan bo‘lsada,
Eron va Hindistonning ekzotik dam olish joylari xorijiy turistlarning diqqat e’tiborini
o‘ziga jalb etib kelmoqda. Boshqa tomondan esa Nepal va Shri-Lanka hududlarida
oldingi yilga nisbatan 5,7-8,3% ga kamayish kuzatildi. Buning sababi hududda
vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy beqarorlik deb hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: