0‘smirni kasb tanlashida yana bir qiyinchilik - bu o‘smirga xos boigan yuqori emotsional holat hisoblanadi. Bunda o‘smir kasbni tashqi tomoniga e’tibor beradi. Kasbdagi romantik tomonlar, uning yalt etib ko‘rinadigan,odamlar e’tibor beradigan tomonlari o‘smimi qiziqtiradi. Deylik, modeler, jinoiy bo‘limning tergovchisi, biznesmen bo‘lish kabilar. 0‘smirning yana bir qiyinchiligi- bu ulardagi kasblar haqidagi ma’lumotlami yo‘qligi hisoblanadi. Bunda ota - onalar o‘z farzandla- riga kasblar haqida ma’lumotlar berishi va ulaming ongida ulami tizimini shakllantirishi lozim. 0‘smirdagi yana bir qiyinchilik- bu ta’lim olish tizimidagi past orientir olish, ulami bilmaslik hisoblanadi. Takrorlash uchun savollar Shaxs va uni kasb tanlab borish davomida o‘zgarib borishi.
Kasbga xos bo‘lgan psixologik jarayonlami sezish va unga amal qilish.
Shaxsning o‘z ustida ishlashi, bilim olishi va jiddiylik masalalari. Shaxsni o‘zi tanlagan kasbga sodiqligi, javobgarligi, ijodiy yondoshishi va talantliligini namoyish qilish masalalari.
4.0‘zgarib borayotgan shaxsga bo‘Igan talab va zaruriyat masalalari. Hozirgi zamon kasblari va ularga bo‘lgan e’tibor.
Shaxs, bozor munosabatlar va kasb tanlash muammolari. Kasbiy xavfsizlik psixologiyasi masalasi
Kasbiy xavfsizlik psixologiyasi va uning oldida turgan ko‘plab masalalar. Yangi texnikani hayotga kirib kelishi va undagi xavfsizlik talablari Kasbiy faoliyatning psixologik xavfsizligini psixologik xavfsiz- likning bir bo‘lagi sifatida qarash mumkin. Psixologik xavfsizlik inson mehnat faoliyatida yuz beradigan baxtsiz hodisalami o‘rganadi va uning oldini olish masalalarini ko‘tarib chiqadi. Uning o‘rganish obyekti bo‘lib kasbiy faoliyat hisoblanadi, ya’ni maxsus bilimlami va amaliy malakalami o‘zlashtirish davomida ulaming tajribala- rini ortib borishi hisoblanadi. Kasbiy faoliyatlar o‘rtasidakatta farqlanish bo‘lishiga qaramas- dan ulaming asosida inson - uning subyekti sifatida yotadi. Bunda umumiy bo‘lib psixologik masalalar yotadi, ya’ni insonni mehnat faoliyati davomida xavfsizligini ta’minlash, ulami mehnatlarini yax- shilash intilish yotadi. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, psixologik xavfsizlikning izlanish predmeti bo‘lib insonning psixologik faoliyati hisoblanadi. Psixologik faoliyat bu inson miyasining vazifasi bo‘lib, real bor- liqdagi predmet va hodisalami aks etdiradi. Psixologik faoliyatini tahlil qilinganda uni shaxsning psixologik jarayonlarini, psixologik holat va xususiyatlaridan tashkil topganligini ko‘ramiz. Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkil etadi. Ularsiz bilimlar shakllanmaydi va hayotiy tajriba ham ottiril- maydi. Bunda kognitiv (bilish), emotsional va irodaviy jarayonlar ajratiladi. Psixologik holat-bu psixologik jarayonlaming statistik daraja- siga tegishli. Ular xilma - xilligi bilan va vaqtning xarakteri bilan bir-biridan farqlanib turadi. Psixologik holat insonni o‘rab turgan sharoitga va holatga moslashishini (adaptatsiyasini) boshqarib tur- ish vazifasini o‘taydi. Psixologik xavfsizlik muammolaridan kelib chiqqan holda katta qiziqishni faoliyatdagi charchashva zo‘riqish holati tashkil qiladi. Shuningdek, alohida psixologik holat bo‘Igan stress, xavotirlanish, affekt holati, alkagol holati va boshqalar ham kiradi.