Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə1/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Guruh qo\'llanman


YURIDIK ATAMALAR LUG‘ATI
Advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro.
Affekt (lot. affectus — qalb tug‘yoni, ehtiros) — kishining qisqa muddatli jahldorlik holati, u kuchli va chuqur kechinma hamda o‘z harakatlari ustidan nazoratning pasayishi bilan xarakterlanadi.
Amnistiya (grekcha amnestia — unutish, kechirish) — jinoyat sodir etganlarni jazodan ozod etish yoki uni yumshatish.
Apatridlar (a... + grekcha patris (vatan) — vatansiz) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Apellatsiya — sud qarori ustidan shikoyat qilish shakllaridan biri, bunda ishni ikkinchi instansiya sudi tomonlarning shikoyatlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi.
Aqli norasolik — ruhiyatning kasallik holati yoki aqli zaifik bilan shartlangan, shaxsning o‘z harakatlariga baho bera olmasligi yoki ijtimoiy xavfi qilmishni sodir etish paytida ularni boshqara olmasligi.
Aqli rasolik — ruhan sog‘lom kishining normal holati bo‘lib, o‘z harakatlariga baho bera olish va ularni boshqara olish qobiliyatida o‘z ifodasini topadi.
Ashyo — fuqarolik huquqida — mulk obyekti.
Ayblanuvchi — qonunda belgilangan tartibda uni ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortish xususida qaror chiqarilgan shaxs. Sud vaqtida ayblanuvchi sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa mahkum deb nomlanadi.
Aybsizlik prezumpsiyasi — aybi sud tomonidan isbotlab berilguniga qadar ayb lanuvchi yoki sudlanuvchi aybsiz deb hisoblanadigan qoida.
Boqim — boshqa shaxsdan (yoki shaxslardan) to‘liq moddiy ta’minot yoki doimiy moddiy yordam oladigan shaxs.
Bosqinchilik — jabrlanuvchiga nisbatan zo‘rlik ishlatish tahdidi bilan yoki zo‘rlik ishlatish bilan boshqalar mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilish.
Da’vogar — o‘zining buzilgan yoki talashilayotgan huquqini himoya qilish uchun sudga murojaat etayotgan shaxs (yuridik yoki jismoniy).
Deklaratsiya (lot. declaratio — e’lon, bayonot) — 1) tavsiya kuchiga ega bo‘lgan huquqiy hujjat; 2) bojxona deklaratsiyasi — boylik (qimmatlik)larni chegara orqali olib o‘tish chog‘ida tuziladigan ularning ro‘yxati; 3) soliq deklaratsiyasi — shaxsning soliqlarni to‘lash uchun o‘z daromadi miqdori to‘g‘risida bayonoti.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin