Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə2/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Guruh qo\'llanman

Diskriminatsiya (lot. discrimininatio — farqlash) — davlat, yuridik yoki jismoniy shaxslarning huquqlarini kamsitish, tahqirlash.
Emansipatsiya — fuqarolik huquqida — voyaga yetmaganni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish.
Firibgarlik — o‘g‘irlashning zo‘rlikka asoslanmagan shakllaridan biri, tovlamachilik.
Guvoh — mazkur ishga doir aniqlanishi kerak bo‘lgan qandaydir holatlar unga ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs.
Haqorat qilish — kishining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan, beodob shaklda kamsitishda ifodalanadigan jinoyat.
Hukm — sud tomonidan sudlanuvchining aybi borligi yoki yo‘qligi, unga nisbatan jazo qo‘llash yoki qo‘llamaslik masalasi bo‘yicha chiqarilgan qaror.
Huquq — davlat tomonidan butun jamiyat miqyosida muhofaza qilinadigan umummajburiy me’yorlar tizimi.
Huquq me’yori — davlat belgilaydigan va uning bajarilishini maxsus hokimiyat idoralari (sud, ichki ishlar idoralari) yordamida ta’minlaydigan harakatlarning umummajburiy qoidasi.
Huquqbuzarlik — biror-bir huquq me’yorlarini buzadigan har qanday harakat lar.
Huquqiy layoqat — shaxsning mazkur mamlakat huquqi yo‘l qo‘yadigan fuqarolik huquqlari va burchlarining ifodachisi bo‘lish layoqati.
Immunitet (lot. immunitas — biror narsadan ozod qilish) — davlatda ularning daxlsizligida ifodalanadigan alohida mavqeni egallagan shaxslarga taqdim etilgan ba’zi umumiy qonunlarga bo‘ysunmaslik mutlaq
huquqi (deputatlik, dip lomatik immuniteti).
Inson huquqlari — kishining davlatga nisbatan huquqiy ahvolini xarakterlaydigan tushuncha, uning jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalaridagi imkoniyatlari.
Intellektual mulk — ijodiy faoliyat natijalariga doir maxsus huquqlarning majmuyi.
Intizom — jamiyatda shakllangan axloq va huquq me’yorlariga muvofiq kishilarning xatti-harakatlari muayyan tartibi.
Ishsizlar — ish va ish haqiga ega bo‘lmagan, o‘zlariga to‘g‘ri keladigan ishni izlash maqsadida bandlik xizmatida ro‘yxatga olingan va ishga kirish ga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli fuqarolar.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin