7-mavzu. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI. TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 1.Tafakkur-mantiqilminio‘rganishobekti.Tafakkurningmantiqiyshakllarivaqonunlari.
2.Tushunchaningturlarivatushunchalaro‘rtasidagimunosabatlar.
3.Hukmtafakkurshaklisifatida.
4.Xulosachiqarishva uning turlari.
5.Argumentlashvaishonch-e’tiqodningshakllanishi.
«Mantiq» so‘zi arabcha bo‘lib, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan «logika» so‘ziga muvofiq keladi. «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarni anglatadi. Uning turli xil narsalarni ifoda qilishi ko‘p manoliligini bildiradi. Mantiq: – ob’ektiv olam qonuniyatlarini, – tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari, taraqqiyotini va fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yigindisini, – tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifodalaydi.
Mantiqka oid ilk an’analar kadimgi SHarq, xususan, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida vujudga kelgan. Mantiqning shakllanishiga notiklik san’ati, matematika ilmining rivojlanishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Qadimgi YUnon mutafakkiri Aristotelgacha mantiq ilmi falsafa fani tarkibida mavjud bo‘lgan.
Aristotel birinchi bo‘lib mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab beradi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topika» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangan.
Aristotel mantiqni ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi, chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi fan sifatida ta’riflaydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni, hakikatni aniqlashdir, deb ta’kidlaydi: «Bilimlarimizning vokelikka mos kelishi hakikatdur».
Mantiq ilmining tadqiqot ob’ekti – tafakkur. «Tafakkur» arabcha so‘z, o‘zbekcha «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimidir. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Bilish voqelikning, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidir. Kishilar o‘zoldilariga ma’lum bir maqsadlarni qo‘yib, bilish jarayonini amalga oshiradilar. SHu maqsadlar o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yunalishi, shakl va metodlarini belgilab beradi. Bilishning asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi.
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil daraja va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini HISSIY BILISH – insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyat va munosabatlari, ya’ni inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.
Hissiy bilish: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning biror tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir.
Idrok predmetning yaxlit yaqqol obrazi, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo‘ladi. U muayyan predmetni boshqalaridan (masalan olmani bexidan, nokdan) farq qilish imkonini beradi.