Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Yüklə 40,9 Kb.
səhifə8/13
tarix09.12.2022
ölçüsü40,9 Kb.
#73336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7-Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi (1)

Ayniyat qonuniga ko‘ra, ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Buqonun formal mantiq ilmida «A – A dir» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi: fikrlash ja­rayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Masalan: «dialektika qonunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga ko‘ra turlicha bo‘lsa ham mazmunan aynandir. Omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham bazan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishiga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. Masalan: «sifat» tushunchasi falsafiy nuktai nazardan, o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lsa, biror xunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yarokli, foydali) qo‘llaniladi.
Baxs-munozara jarayonida qanday qilib bo‘lsa ham rakibni aldash va yutib chikish maqsadida ayniyat qonunining talablarini ataylab buzuvchilar sofistlar deb ataladi; ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.
SHuningdek, o‘zbek xalkiga xos bo‘lgan askiya san’atida ayniyat qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalar o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’nolarda ko‘llanilishini kuzatish mumkin. Demak, hayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma’nolaridan g‘arazli yoki begaraz foydalanish mumkin ekan.
Nozidlik qonuni
Inson tafakkuri aniq, ravshan bo‘lishi barobarida, ziddiyatsiz bo‘lishi ham zarur. Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo‘lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo‘ladi.
Ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o‘zaro bir-birini istisno kiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emasligini, hech bo‘lmaganda ulardan biri albatta xato bo‘lishini nozidlik qonuni ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bo‘la olmaydi» formulasi orqali beriladi. Masalan: «Aristotel – mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel –mantiq fanining asoschisi emas». Bu zid hukmlarning har ikkalasi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo‘lgani uchun, ikkinchisi xato bo‘ladi. O‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan «Bu dori shirin» va «Bu dori achchiq» mulohazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nis­batda xato bo‘lishi mumkin. CHunki dori shirin ham, achchiq ham bo‘lmasligi, balki bemaza yoki nordon bo‘lishi mumkin.
Ba’zan ikki qarama-qarshi fikr aytilganda, mantiqiy ziddiyat bo‘lmasligi mumkin. Bunda qarama-qarshi fikrlar turli vaqtda va turli nisbat­da aytilgan bo‘ladi. Masalan: Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirmadi» va «Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirdi». Demak, vaqt, munosabat va ob’ekt birligining saklanishi nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoit hisoblanadi.
Istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo‘lib, fikrning to‘lik mazmunini kamrab olib, bayon qilingan ikki zad fikrdan birn chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘k ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A yoki V, yoki V emas» formulasi orqali beriladi. Masalan, «Talaba imtixonda «a’lo» baxo oldi» va «Talaba im­tixonda «a’lo» baxo olmadi», mulohazalarni tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Agarda zid munosabatlar tushunchaning to‘liq mazmunini kamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma’lum bo‘lsa, unda uchinchisi is­tisno qonuni amal kilmaydi: Talaba imtixonda «a’lo» baxo oldi. Talaba imtixonda «qoniqarsiz» baxo oldi. Bu o‘rinda nozidlik qonuni amal qilyapti. CHunki bu mulohazalarning har ikkisi ham xato bo‘lishi va talaba imtixonda «o‘rta» yoki «yaxshi» baxo olishi mumkin. «yaxshi», «o‘rta» va «qoniqarsiz» baxolar – «a’lo» baxo emas.
Toshkent-O‘zbekistonning poytaxti.
Toshkent-O‘zbekistonning poytaxti emas.
Aristotel haqiqatni aniqlashda nozidlik va uchinchisi istisno qonunlariga amal kilish zarurligini ta’kidlaydi.

Yüklə 40,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin