Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Yüklə 40,9 Kb.
səhifə9/13
tarix09.12.2022
ölçüsü40,9 Kb.
#73336
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7-Mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi (1)

Etarli asos qonuni
To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Muhokamaning chinligiga hech kanday shubha bulmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati Etar­li asos qonuni orqali ifodalanadi (Bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnits ta’riflab bergan). Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ulariing in’ikosi bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Etarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosiy sifatida A ham mavjud».
Etarli asos qonunida fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko‘rib utilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq holda amal qiladi, Mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar – mantiqiy asos deb, berilgan mulohazaning o‘zi esa – mantiqiy natija deb yuritiladi.
Asos va natija orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni sabab va okibat aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor» degan mulohazani «U shifoxonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada davolanish dastlabki mulohazaning sababi emas, balki okibatidir. Ko‘rinib turibdiki, mantiqiy asos hamma vaqt ham hodisaning sababi bilan mos kelmaydi.
Mazkur qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki : bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi va chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi.
Aristotel asarlarida to‘g‘ri tafakkurning ayniyat va etarli asos qonunlari alohida ko‘rib chiqilmagan. Lekin uning asarlari tahlili ularda bu qonunlarga xos talablarning bayon qilinganligini ko‘rsatadi.
Aristotel mantiq ilmining qolgan koidalari va tushunchalariga ham (masalan kategoriyalar, xulosa chikarishning bevosita, sillogizm, induktiv, deduktiv, analogiya kabi) alohida e’tibor qaratgan. Uning mantiqiy ta’limoti mantiq ilmining rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yüklə 40,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin