Tasavvur esa avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat. Masalan, taniishngizga o‘xshagan kishini uchratganda tanishingizni eslaysiz, yoki qo‘rmoqchi bo‘lgan imoratingizni mavjud imoratlar obrazlari yordamida yaqqol his qilasiz.
Xullas, hissiy bilish bilishining dastlabki va zaruriy bosqichi bo‘lib, bilishning keyingi bosqich va shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi. CHunki inson tashqi olam bilan faqat sezgi organlari orqali bog‘langan.
Lekin, hissiy bilish o‘z chegarasiga ega. U alohida olingan predmetlar, ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi-yu, mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan xavoning harorati o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi.
Bundan tashkari, ba’zi hollarda hissiyotimiz bizni aldab kuyadi. Masalan, endi tanishgan kishingiz haqidagi dastlabki taassurot, asosan, uning tashqi ko‘rinishiga qarab hosil qilinadi, u bilan muloqotda bo‘lgandan keyin o‘zgaradi. SHu o‘rinda «Kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi» degan gapning bejiz emasligini ta’kidlash lozim. Bu misollardan ma’lum bo‘ladiki, predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio-akl) bosqichi bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniklanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 1) Unda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Masalan, «inson» tushunchasi 2) Tafakkur borliqni bilvositaaks ettiradi. YAngi bilimlar mavjud bilimlar asosida hosil qilinadi. 3) Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Borliqda real analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob’ektlarii (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz)ni yaratish, ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. 4) Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir.U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi. O‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi.
Demak, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Hissiy bilish, akl tomonidan boshqarib turiladi, muayyan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvoxlarning bergan ko‘rsatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi, yaqqol xis qilinadi va kidiriladi.