Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash tushunchalar ustida olib boriladigani amallar xisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va xajmi o‘rtasidagi teskari mikdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tushunchani umumlashtirish- bilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu amal natijasida bizning fikrimiz yakkadan umumiyga, tarkok tushunchadan kengrok tushunchaga qarab boradi. Xajmi kichikrok tushunchadan xajmi kattarok tushunchaga borish umumlashtirish deb ataladi. M. «botanika» va «biologiya»- Fan.
Tushunchalarni umumlash natijasida umumiy tushunchadan eng umumiy tushunchalarga boradi.Eng umumiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi.
Xajmi kattarok tushunchalarni, xajmi kichikrok tushunchaga keltirish chegaralash deb ataladi. CHegaralash xajmi keng tushunchadan xajmiga tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran utihdan iborat. CHegaralash amali yakka tushuncha xosil bulguncha davom ettirilishi mumkin.
A - Jamiki mavjudot
V- Xayvonot olami
S – Umurtkalilar
D – ot
E- kora bayir.
Umumlashtirish va chegaralash fan va amaliy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlash operatsiyasidir. Agar umumlashtirish orqali narsalar va xodisalarning muhim, bir- biriga o‘xshash tomonlarini bilsak, chegaralash orqali har bir narsaning o‘ziga xos, konkret tomonini bilamiz. Ularning ichki xususiyatini aniklaymiz.