Fanni o’qitishdan maqsad Bolalar adabiyoti fanining o’ziga xos xususiyatlari, XX asr o’zbek bolalar adabiyotining etuk namoyandalari ijodi haqida kengroq ma’lumot berish va shu asosda talabalarni Bolalar adabiyoti namunalarini to’g`ri tushunish va tahlil qilishga o’rgatish.
Fanning vazifalari. Bolalar adabiyoti kursining mohiyatini anglashda bolalar adiblari va shoirlari ijodiga oid she’rlar xamda badiiy asarlar tahlili, bunda badiiy tasvir vositalari, syujet va kompozistiya, badiiy obrazlar haqidagi bilimlar asosida mavjud aniq asarlarni ilmiy o’rganishga e’tiborni qaratish.
Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan umumiy talablar. O’rta maktab adabiyot darsliklarida bolalar ijodkorlarining asarlari o’z aksini topgan. Binobarin, talabalar Bolalar adabiyoti fani bo’yicha berilgan bilimlarni to’la mustahkamlashlari, fanga doir ilmiy-nazariy manbalar, tadqiqotlardan xabardor bo’lishlari, bolalar adiblari asarlarini xar jixatdan taxlil qila bilishlari lozim. Shu ma’noda fan bo’yicha mustaqil ta’lim, nazorat ishi yozish uchun tavsiya etiladigan alohida mavzular, bundagi zarur ilmiy-badiiy adabiyotlar, ma’ruza, amaliy va seminar mavzulari bo’yicha qo’yilgan savol va topshiriqlar bilan tanishish xamda qo’yilgan vazifalarni bajarish talab etiladi. Bundan tashqari, talabalar bolalarga mo’ljallangan badiiy adabiyot namunalarini mutolaa qilib, ular asosida mustaqil ijodiy ishlar yozish, teran mushoxada yurita olish, xar bir asarga ijodiy yondasha olish malakasini shakllantirish ko’zda tutiladi.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Bolalar adabiyoti fani oliy qo’uv yurtlarida o’qitiladigan O’zbek adabiyoti tarixi, Yangi o’zbek adabiyoti fanlarining uzviy davomi hioblanadi. Bu fan o’z xulosalarini chiqarishda Adabiyotshunoslik nazariyasi, Adabiyot nazariyasi, Adabiy tanqid, Estetika fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi.