3. Dastlabki bajariluvchi komandalar: «Saflan», «Tekislan», «Rostlan», «Erkin», «To‘g‘rilansin», «Bekor qilinsin» «Saflan» yoki «Rostlan» komandalari berilganda, qad rostlab
138-rasm. «Rostlan» holati:
a — yon tomondan kohinish; b — olddan ko‘rinish.
turiladi. Bunday komanda berilganda, to‘g‘ri turiladi, tovonlar bir joyga qo‘yiladi, oyoqlar uchi oldidagi chiziqqa to‘g‘rilanadi, ular bilan tovonlar kengligi bir xil bo‘ladi, tizzalar bukilmaydi, lekin zo‘riqtirilmaydi, ko‘krak keriladi, gavda biroz oldinga chi- qadi, qorin ichiga tortiladi, yelkalar yozi- ladi, qo‘llar tushiriladi, unda kaftlar gav- daga qaratilib, yon tarafdan sonlarining o‘rtasida tutiladi, barmoqlar yarim buki- lib, oyoqlarga tegib turadi, bosh, iyakni oldinga chiqarmasdan, baland va to‘g‘ri tutiladi, to‘g‘ri oldga qarab turiladi, darhol harakat qilishga tayyor turish kerak bo‘ladi (138-rasm).
Quyidagi hollarda komanda berilmagan taqdirda ham qad rostlab turiladi: buyruq berilgan va olingan, bildiruv berilgan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangragan, harbiy salom-alik qilingan, shuningdek, komanda berilgan vaqtda, «Erkin» komandasi berilganda o‘zini erkin qo‘yib, o‘ng yoki chap tizzasini xiyol bukib, joyidan qimirlamasdan, xotirani jam qilib va gap- lashmasdan turiladi. «To‘g‘rilansin» komandasi berilganda, safdagi joyidanjilmasdan qurol, kiyim-kechak va anjomlar to‘g‘rilanadi, zarur hollarda safdan chiqiladi, ruxsat uchun bevosita boshliqqa murojaat qilinadi.
«To‘g‘rilansin» komandasi oldidan «Erkin» komandasi beriladi.
Bosh kiyimni yechish uchun — «Bosh kiyimlar yechilsin», kiyinish uchun esa, «Bosh kiyimlar kiyilsin» komandasi beriladi. Zarur hollarda bir o‘zi bo‘lgan harbiy xizmatchi bosh kiyimini komandasiz yechib kiyadi.
Safda turganda salomga javob berish
Boshliq yoki unvoni yuqori komandirning «Salom, o‘rtoqlar» deganiga, barcha harbiy xizmatchilar safda yoki safda turmagan paytda «Assalom», deb javob salomini berishadi. Boshliq yoki unvoni yuqori komandir bilan xayrlashish paytda «Xayr, o‘rtoq- lar» so‘ziga harbiy xizmatchilar «Xayr», deb javob qaytaradilar. Javob oxirida «o‘rtoq» va «harbiy unvoni» qo‘shib aytiladi. Masalan, «Assalom, o‘rtoq mayor», «Xayr, o‘rtoq general-mayor».
Boshliqlar bilan salomlashishda harbiy xizmatchilar aniq, qattiq ovozda salomini aytishadi.