matchilar, shuningdek, harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga maj- burlar harbiy unvoni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari (5-rasm) bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar. Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolar harbiy xizmatchilarning kiyim-kechaklarini kiyib va farqlovchi nishonlarni taqib yurishi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari kiyim formalari bo‘lib, ushbu formalarida shaxsiy harbiy unvonlarni farqlay oladigan belgilaridan iborat bo‘ladi. Bu belgilar pogonlar, petlitsalar, ko‘k- rak nishonlari, qo‘l yengi belgilar, bosh kiyimdagi belgilari, shim kiyimi- dagi belgilardan iborat bo‘ladi.
1-
e
NAZORAT SAVOLLARI 1 – mavzu saf tayyorgarligi Saf nima?
«Saflan», «Rostlan» komandasi berilganda, qanday amallarni bajarasiz?
Bosh kiyimlarni kiyish va yechish usullarini bayon eting.
Harakat vaqtida burilish usullarini bajaring.
Joyida turganda, harbiycha salom berish usulini ko‘rsating
7-bob. QUROLSIZ BAJARILADIGAN SAF AMALLARI VA HARAKATLARI O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf Nizomida safda turish, qurol va qurolsiz harakat qilish; kichik bo‘linma va harbiy qismlarning piyoda va mashinalarda saf tortishi, harbiy salom-alikni bajarish, saflar ko‘rigini o‘tkazish tartibi; harbiy qismjangovar bayrog‘ining safdagi holati, uni olib chiqish va olib ketish tartibi; harbiy xizmatchilaming safga tizilish oldidagi, safga turishdagi majburiyatlari, ulami safda turish va yurishga o‘rgatish talablari, shuningdek, harbiy xizmatchilarning jang maydonida harakatlanish usullari va dushman qo‘qqisdan hujum qilgan vaqtdagi xatti-harakatlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining barcha harbiy qismlari, shtablari, boshqarmalari, muassasalari, korxonalari, tashkilotlari va harbiy bilim yurtlarining Saf Nizomidan qo‘llanma sifatida foydalanishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1996-yil 14-oktabrdagi 238-buyrug‘iga binoan, joriy etilgan.