Joyida turib burilishlar «O‘ngga», «Chapga», «Ortga» ko- mandalari bilan bajariladi.
Chapga va orqaga burilishlar chap qo‘l tarafga chap oyoqning tovoni va o‘ng oyoqning uchida, o‘ngga burilish esa, o‘ng qo‘l tarafga o‘ng oyoqning tovoni va chap oyoqning uchida bajariladi.
Burilishlar ikki bosqichda bajariladi:
birinchi bosqich — gavdani to‘g‘ri tutgan holda burilish va tizzalami bukmasdan gavdaning og‘irligini oldinda turgan oyoqqa o‘tkazish;
ikkinchi bosqich — eng qisqa yo‘l bilan ikkinchi oyoqni birin- chisining yoniga qo‘yish.
Saf qadami bilan harakatlanish
Harakat paytida burilish. Harakat qadam tashlash yoki yugu- rish bilan bajariladi. Qadam tashlash harakati daqiqasiga 110— 120 qadam tezligida bo‘ladi. Qadamning uzunligi 70—80 sm.
Yugurish harakati daqiqasiga 165—180 qadam tezligida bo‘ladi. Qadamning uzunligi 85—90 sm.
Ikki xil: shaxdam qadam va oddiy qadam qo‘yadi.
Shaxdam qadam — bo‘linmalar tantanali marsh bilan harakat qilayotgan vaqtda, salomlashganda, harbiy xizmatchi boshliq oldiga borganda va uning oldidan ketayotganda, safdan chiqish va unga qaytishda, shuningdek, safda turish va yurish mashg‘ulotlari o‘tkazilganda qo‘llaniladi.
Oddiy qadam barcha hollarda qo‘llaniladi.
«Shaxdam qadam tashla» komandasi berilganda, shaxdam qadam bilan, «Qadam tashla» komandasi berilganda esa, oddiy qadam bilan harakat qilinadi.
Dastlabki komanda berilganda — gavda sal oldinga chiqarilib, turg‘unlikm saqlagan holda turiladi, darhol bajariladigan komanda berilganda esa, harakatni chap oyoqdan to‘liq odim bilan boshlash kerak. Shaxdam qadam bilan harakat qilinganda, uchi oldinga cho‘zilgan oyoqni yerdan 15—20 sm ko‘tarish va uning tagini baravar bosish lozim.
Qo‘llarni yelkadan boshlab harakatlantirish — bunda qo‘llar oldinga silkiganda tirsakdan bukilib, kaft kengligida kamar to‘qa- sidan baland ko‘tarilishi va shuncha masofada gavdadan uzoq, tirsak esa, qo‘lning undan quyi qismi balandligida bo‘lishi, qo‘l, yelka bo‘g‘inidan iloji boricha orqaga silkinishi kerak. Panjalar yarim bukilgan holatda bo‘lishi, boshni to‘g‘ri tutish va to‘g‘ri oldinga qarash lozim.
Oddiy qadam bilan yurilganda, oyoq uchini cho‘zmasdan erkin ko‘tarib bosish, qo‘llami esa erkin harakatlantirish kerak. Oddiy qadam bilan yurayotganda «Rostlan» komandasi berilsa, shaxdam qadam tashlashga o‘tiladi. Shaxdam qadam bilan yuri- layotgan paytda «Erkin» komandasi berilsa, oddiy qadam bilan yurishga o‘tiladi. «Yugur» komandasi berilganda, yugurib harakat qilish boshlanadi.
Dastlabki komanda bo‘yicha joyidan qo‘zg‘alganda, gavdani sal oldinga berib, qo‘llarni yarim bukib, tirsaklar biroz orqaga oli-
139-rasm. n—shaxdam qadam tashlash; A—shaxdam qadam tashlashning to‘g‘ridan ko‘rinishi; rf—joyida qadam tashlash.
nadi, chap oyoqni yerga qo‘yish bilan darhol bajariladigan ko- manda beriladi, komanda berilgach, o‘ng oyoq bilan oldinga bir qadam qo‘yilib, chap oyoq bilan boshlab yugurib ketiladi. Yugurish chog‘ida qo‘llar erkin va unga mos harakatlantiriladi.
Yurishdan yugurishga o‘tish uchun dastlabki komanda bo‘yicha qo‘llar yarim bukiladi, tirsaklar biroz orqaga olinadi. Darhol ba- jariladigan komanda chap oyoq yerga qo‘yilishi bilan beriladi. Ush- bu komandaga ko‘ra, o‘ng oyoq oldinga qo‘yilib, chap oyoqda yugurib harakat qilish boshlanadi. Yugurishdan yurishga o‘tish uchun «Qadam tashla» komandasi beriladi. O‘ng oyoq yerga qo‘yilishi bilan bir vaqtda darhol bajariladigan komanda beriladi. Komanda berilgach, yugurganicha yana ikki qadam tashlanadi va
140-rasm. Bosh kiyim yechilgan holatda:
a — furajkada; b — beretkada; d — telpakda.
chap oyoqdan yurib, harakat qilish boshlanadi. Turganjoyda yurish «Joyingda qadam tashla» komandasiga binoan amalga oshiriladi.
Ushbu komanda berilganda, oyoqlar yerdan 15—20 sm ko‘tariladi va tovonning uchi yerga tekis qaytib tushiriladi, qo‘llar qadamga mos harakatlantiriladi. Chap oyoq yerga qo‘yilishi bilan «To‘g‘riga» komandasi berilganda, o‘ng oyoq bilan bir qadam tashlanadi va chap oyoq bilan harakat boshlanadi hamda to‘la odim tashlanadi. Unda dastlab uch qadam shaxdam bo‘ladi.
Harakatni to‘xtatish uchun «Oddiy askar Ibrohimov, to‘xta» komandasi beriladi. Chap yoki o‘ng oyoqni yerga qo‘yish bilan darhol bajariladigan komanda berilganda, yana bir qadam tashlanadi. So‘ngra oyoqlarbirjoyga qo‘yilib, qad rostlab turiladi.
Yakka turgan harbiy xizmatchilar bir necha qadam nariga yurish uchun «Oddiy askar Ibrohimov, o‘ng (chap)ga qadam tashla» komandasi beriladi. Bunday komanda berilgandan keyin harbiy xizmatchi har bir qadam tashlagandan so‘ng ikkinchi oyog‘ini birinchi oyog‘i oldiga qo‘yib, ikki qadam o‘ng (chap)ga yuradi.
Oldinga yoki orqaga bir necha qadam yurish uchun «Oldin (orqa)ga ikki qadam tashla» komandasi beriladi. Komanda beril- gach, ikki qadam oldin (orqa)ga bosiladi va oyoqlar juftlanadi. O‘ngga, chapga va orqaga qadam bosganda, qo‘llar harakatlantiril- maydi. Harakat vaqtida burilishlar «O‘ngga», «Chapga», «Ortga yur» komandalariga ko‘ra bajariladi.
O‘ng (chap)ga burilish uchun darhol bajariladigan komanda o‘ng (chap) oyoqni yerga qo‘yish bilan bir vaqtda beriladi. Komanda berilgach, o‘ng (chap) oyoq bilan oldinga bir qadam tashlanadi, o‘ng (chap) oyoq uchida buriladi, burilish bilan bir vaqtda o‘ng (chap) oyoq oldinga cho‘ziladi va yangi yo‘nalish bo‘yicha harakat boshlanadi.
Orqaga burilish uchun darhol bajariladigan komanda o‘ng oyoq yerga qo‘yilishi bilan bir vaqtda beriladi. Komanda bo‘yicha (bir deb sanalganda) chap oyoq bilan yana bir qadam tashlanadi, o‘ng oyoq yarim qadam oldinga chiqarilib, ozroq chapga olinadi, ikki oyoqning uchida zudlik bilan (ikki deb sanalganda) chap tomon burilib, yangi yo‘nalish bo‘yicha chap oyoq bilan harakat (uch deb sanalganda) davom ettiriladi. Burilishlar vaqtida qo‘llar oyoqlarga mos harakatlantiriladi.