Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


BUYRUQ BERISH VA UNI BAJARISH TARTIBI



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə23/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Guruh qo\'llanman

BUYRUQ BERISH VA UNI BAJARISH TARTIBI
Buyruq — boshliqning bo‘ysunuvchilarga qaratilgan yozma va og‘zaki farmoyishi. Komandir (boshliq)ning buyrug‘i bo‘ysu- nuvchilar uchun qonundir. «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Intizom Nizomi»da ko‘rsatilganidek, buyruq e’tirofsiz, aniq muddatda bajarilishi darkor. Buyruq berilgan bo‘lsa, uni e’tirofsiz aniq, o‘z muddatida, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, bajarilishi shart. Jang davrida boshliq tomonidan berilgan buyruqni e’tirofsiz, aniq va o‘z muddatida bajarishlik dushman ustidan g‘alabaga va muvalfaqiyatlarga erishish garovidir.
Qo‘shinni va qismlar komandirlarining o‘z kundalik faoliyatlari jarayonidagi alohida masalalar bo‘yicha topshiriqlari buyruq ohangida bo‘ysunuvchiga yetkaziladi. Qo‘shinning va qism koman- dirlarining buyruq va farmoyishlari og‘zaki tarzda, tartib-qoidaga asosan, bo‘ysunuvchilarga beriladi. Ba’zi bir vaqtlarda katta boshliq, bo‘ysunuvchining bevosita boshlig‘ini chetlab o‘tgan holatda buyruq va farmoyishlar berishi ham mumkin. Qachonki, boshliq og‘zaki buyruq yoki farmoyish berayotgan, bo‘ysunuvchi «Rostlan» holatini qo‘llab, buyruq yoki farmoyishni olib bo‘lgach, «Xo‘p bo‘ladi», debjavob beradi va shundan keyin uni bajaradi. Boshliq o‘zi bergan buyruqning to‘g‘ri tushunilganiga ishonch hosil qilishi zarurati bo‘lsa, uni qisqacha takrorlashni talab etishi mumkin.
Harbiy xizmatchi berilgan buyruqning bajarilishi to‘g‘risida buyruqni bergan boshliqqa va o‘zining bevosita boshlig‘iga bildiruv berishga majburdir. Agar buyruqni bajarayotgan harbiy xizmatchi xizmat maqomiga ko‘ra, boshqa katta boshliqdan birinchisini bajarishga xalaqit beradigan yangi buyruq olsa, bu haqida ikkinchi buyruqni bergan boshliqqa bildiruv beradi. Va tasdiqlangan taqdirdagina oxirgisini bajaradi. Yangi buyruqni beruvchi bu haqda birinchi buyruqni bergan boshliqqa xabar qiladi.


Harbiy xizmatchi haqiqiy harbiy xizmatni bajaruvchi shaxs hisoblanadi. U Vatanning, Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining himoyachisi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar askar va matroslar, serjantlar va ofitserlar (kichik, katta, oliy) tarkibiga bo‘linadi.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin