Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


MAvzu 3.INTIZOM, UNING MOHIYATI VA QUROLLI KUCHLAR UCHUN AHAMIYATI



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə21/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Guruh qo\'llanman

MAvzu 3.INTIZOM, UNING MOHIYATI VA QUROLLI KUCHLAR UCHUN AHAMIYATI
Harbiy intizom — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarlik va jangovarlik qobiliyatining asoslaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning jihatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi, «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunlarda mujassamlashgan.
Harbiy intizom — bu barcha xizmatchilaming qonun, harbiy nizomlar tomonidan, komandirlar (boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangan tartib qoidalariga qat’iy va aniq rioya etilishi. Harbiy intizom har bir xizmatchining O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga bo‘lgan harbiy burch va shaxsiy mas’uliyati, o‘z xalqiga mislsiz sadoqatini his qilishga asoslanadi.
Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchidan:

  • harbiy qasamyodga sodiq bo‘lishni, O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga qat’iy bo‘ysunishni;

  • o‘z harbiy burchini mohirlik va jasorat bilan bajarishni, harbiy ishni sidqidildan o‘rganishni, harbiy va davlat mulkini asrashni;

  • harbiy xizmat qiyinchiliklarini mardonavor yengishni, harbiy burchni bajarish uchun o‘z jonini ham ayamaslikni;

  • sergak bo‘lishni, harbiy va davlat sirlarini qat’iy saqlashni;

  • harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi harbiy nizomlarda ko‘rsatib berilgan o‘zaro munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashni, jangovar birodarlikni mustahkamlashni;

  • komandir (boshliq)larga va bir-biriga hurmat ko‘rsatish, harbiycha salom-alik va xushfe’llik qoidalariga rioya qilishm;

  • jamoat joylarida o‘zim munosib tutishni, nomunosib xatti- harakatlardan o‘zim va boshqalami tiyib qolishni va fuqarolaming or- nomusini himoya qilishni talab etadi. Harbiy intizomni vujudga keltirish, uni yuqori darajaga ko‘tarish har bir harbiy xizmatchidan, awalo, o‘zida insoniylik, to‘g‘riso‘zlik, halollik, shaxsiy mas’uliyat, Harbiy Qasamyodga sadoqat, harbiy burchga sharaf, deb qarash kabi xislatlami vujudga keltirishni talab qiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan xislatlarni shakllantirishda, avvalo, har bir harbiy xizmatchi mazkur xislatlami o‘zida qaror toptira olishga intilishi kerak.

Armiyada mustahkam intizom bo‘lmasa, uning tanazzulga uchrashi muqarrar. Intizom g‘alabaning asosi sanaladi. Buyuk sarkarda ajdodlarimiz — To‘maris, Spitamen, Jaloliddin Mangu- berdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, general Sobir Rahimov o‘z qo‘shinlaridagi yuksak intizom tufayli doimo g‘alabaga erishganlar.
Yuksak harbiy intizomga ushbu jihatlar orqali erishiladi:

  • harbiy xizmatchilarda yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlami tarbiyalash, komandir (boshliq)larga so‘zsiz bo‘ysunish;

  • har bir harbiy xizmatchining o‘z majburiyatlari va harbiy nizomlar talablarini bajarishga shaxsiy mas’uliyati;

  • harbiy qism (bo‘linma)da ichki tartibga bo‘ysunish, barcha harbiy xizmatchilar tomonidan kun tartibiga qat’iy rioya qilish;

  • jangovar tayyorgarlikni puxta tashkil etish va u barcha shaxsiy tarkibni qamrab olishi;

  • komandir (boshliq)larning o‘z qo‘l ostidagilarga talab- chanligi va ularning ijrochiligini nazorat qilish, harbiy xizmat- chilaming sha’nini hurmat qilish va bu haqida doimiy qayg‘urish, ishontirish,jamoatchilik ta’siri kabi omillami to‘g‘ri uyg‘unlash- tirish va o‘mida qo‘llash;

  • harbiy qism (bo‘linma)larda zarur moddiy-maishiy sharoit- larni yaratish;

— harbiy intizomni mustahkamlashda, xizmatga mas’uliyat hissini oshirish, tarbiya sifatini yuqori darajaga ko‘tarishda harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish alohida ahamiyatga ega. Har bir insonning o‘zi qilgan mehnati samarasini ko‘rishi, uni yangi-yangi yutuqlar sari yetaklaydi. Shulami inobatga olgan holda Intizom Nizomida harbiy xizmatchilami rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor berilgan.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin