79-rasm. Avtomatning asosiy qism va mexanizmlari:
7—stvol, stvol qutisi, zarbdor-tepki mexanizm, mo‘ljalga olish moslamasi, qo'ndoq va pistolet dastasi bilan birga; 2—olov so'ndiruvchi-kompensator;
5—stvol qutisining qopqog'i; 4—zatvor ramasi gaz porsheni bilan birgalikda;
5—zatvor; d—qaytaruvchi mexanizm; 7—gaz trubkasi stvol qoplamasi bilan birgalikda; 5—stvol osti dastasi; 9 —magazin; 10 -nayza-pichoq; 77—shompol;
/2—lozalash anjomlari uchun penal.
bemalol teshib o‘ta oladi. Shu patron asosida yangi avtomat AK-74
quroli ixtiro qilindi. AK-74 ning qismlari AKM qurolidan olingan.
AK-74 qurolining stvoli og‘ziga silindr shaklida tormozlovchi
80-rasm. 1974-yilda yaratilgan 5,45 mm.li
oddiy va havoda iz qoldiruvchi o‘q namunalari.
kompensatorlaming o‘matilishi, otish davrida turtuvchi kuch ta’sirini kamaytirish bilan birga, o‘qlarni g‘uj bo‘lib, bir yerdagi nishonlarga aniq tegishini ta’minlaydi.
AK-74 qurolining og‘irligi o‘qdon bilan birgalikda hisoblaganda 3,6 (3,5) kg, o‘qlar bilan to‘ldirilmagan o‘qdon og‘irligi 0,23 kg, avtomatning uzunligi 956 mm, stvol uzunligi 415 mm, mo‘ljalga otish masofasi 1000 m, harakatlanuvchi nishonlarga to‘g‘rilab o‘t ochish masofasi 625 m, o‘q otishning tezlik sur’ati bir daqiqada 600 marta, otishning jangovar tezlik miqdori, avtomatik (to‘xtovsiz) bir daqiqasiga 100 taga, yakka tartibda esa, 40 tagacha bo‘lib, o‘qdonga o‘qlar sig‘imi 30 taga mo‘ljallangan.
AK-74 quroli AKM quroliga nisbatan o‘q uzishning samaradorligi 1,2—1,6 baravariga ortiqligi bilan birga, bir qancha qulayliklariga ham egadir. Otishni amalga oshirishda oddiy va havoda otilganda, iz qoldiruvchi o‘q (patron)lardan foydalaniladi. Qo‘l jangi olishuvlarida esa, AKM qurolinikiga o‘xshash og‘irligi biroz soddalashtirilgan nayza-pichoq ham o‘rnatiladi. AK-74 avtomatiga o‘t ochish samaradorligini yanada oshirish maqsadida, stvol ostiga kalibri 40 mm GP-25 granatomyoti o‘matiladi. AK-74 avtomati bilan bir vaqtda qo‘ndog‘i metalldan yasalgan, yon tomonga buklanadigan AKS-74 quroli yaratildi.
AK-74 quroli asosida RPK-74, RPKS-74 (qo‘ndog‘i yon tomonga buklanadigan) qo‘l pulemyotlari ham ishlab chiqarildi. Ular avtomatga nisbatan biroz uzun, stvoli esa og‘ir, tirgagi taxlanishi, mo‘ljallagichida yonidan qaytarilgan tuzatishlar kiritish mexanizmi va qo‘ndog‘ining tuzilishi boshqaruvchanligi bilan boshqa qurollardan ancha farq qiladi. Pulemyotning kalibri 5,45 mm.li, og‘irligi 5,46 kg, uzunligi 1060 mm, mo‘ljalga otish masofasi 1000 m. Jangovar otish tezligi bir daqiqada, to‘xtovsiz (avtomatik) tarzda 150 ta, yakka-yakka tarzda esa, 50 tagacha, o‘qdonga o‘qlarning sig‘imi 45 taga mo‘ljallangan. Qo‘l pulem- yotlarida ham tunda mo‘ljalga olib otish moslamasini o‘matish uchun joy qilingan.
1991-yilda AK-74 avtomatining turi asosida, undan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan AK-74 M quroli yaratildi va foydalanishga tatbiq etildi. AK-74 M avtomatining ikki kamerali stvoli og‘zining tuzilishi o‘zgartirilgan. Uning og‘iz qismidagi tormozi, alangani o‘chirish bilan kompensator vazifasini bajarishi uchun stvolning og‘iz qismiga o‘matilgan. Yangi bir turdagi ikki kamerasi iflosla- nishdan saqlasa, stvol qutisining chap tomonida tunda mo‘ljalga olish mexanizmni o‘matish shakli dastak o‘matilgan. Stvol qutisi mustahkamroq (qattiq qirralarsiz) tayyorlangan. Stvol ostiga o‘rnatiladigan GP-25 granatomyotni qaytaruvchi prujinani yo‘naltiruvchi tayoqchasini o‘zgartirilmagan holda otish uchun qulaylik yaratildi (AK-74 qurolida o‘zgartirishni talab etar edi).
AK-74 M qurolining og‘irligi 3,4 kg bo‘lib, tez otish va ballistik xususiyatlari AK-74 quroli bilan bir xildir. Quroldan otishda oddiy va havoda iz qoldiruvchi o‘qlardan foydalaniladi. O‘qlami yoritish izi 800 metrgacha ko‘rinish beradi. O‘qdon qutichasimon bo‘lib, korpusi plastmassadan yasalgan. Unga 30 ta o‘q shaxmat tarzida joylashadi. O‘qdonga 15 tagacha o‘qni tez joylashtirish uchun maxsus asbob ishlab chiqilgan. Avtomatga soddalashtirilgan nayza-pichoq ham o‘matilgan.