CHEGARA QO‘SHINLARI Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari — chegaraga doir siyosatni amalga oshiradi, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashni tashkil etadi.
Milliy xavfsizlik xizmati:
chegara qo‘shinlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi;
joylardagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hoki- miyat organlari, nodavlat, notijorat tashkilotlaming Davlat chega- rasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiq- lashtirib turadi;
chegara qo‘shinlari bugungi kunda qo‘shinning mustaqil turi bo‘lib, Davlat chegaralari himoyasining birinchi eshelonini tashkil etadi.
Davlat chegarasi chizig‘iningjoylarda g‘ayriqonuniy tarzda o‘z- gartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Davlat chegarasida harbiy va boshqa fitnalaming oldini olish, Davlat chegarasining noqonuniy ravishda kesib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik, Davlat chegarasini buzuvchilami aniqlash va ushlash, Davlat chegarasi rejimiga chegara oldi rejimiga va Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, shaxslar, transport vosi- talari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlaming Davlat chega- rasi orqali belgilangan tartibda o‘tkazilishini amalga oshirish, Davlat chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlami, shuningdek, transport vositalarini aniqlash va belgi- langan tartibda ushlab qolish. Davlat chegarasi rejimini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish, chegara oldi qidiruv- lari va operatsiyalarini o‘tkazish chegara qo‘shinlarining majburiyatlariga kiradi.
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING ICHKI QO‘SHINLARI Ichki qo‘shinlar — Ichki ishlar vazirligi tarkibida tashkil qi- lingan bo‘lib, uning asosiy vazifalari militsiya organlari bilan hamkorlikda, aholi yashaydiganjoylarda toifalangan xalq xo‘jaligi korxonalari va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolaming huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashkilotlar, idoralar, muassasalarni jinoyatchilikdan va boshqa jamiyatga qarshi harakatlardan muhofaza qilishdan iboratdir.
Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar, tashkilotlar hamda harbiy tuzilmalaming aso- siy vazifasi milliy xavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga xos vazi- falarini bajarish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda va- ziyatlarning oldini olish, ulaming oqibatlarini tugatish va inson hayotini ta’minlovchi xalq xo‘jaligi korxona va muassasalarini qo‘riqlash hisoblanadi.