Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY HAVO KUCHLARI



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə26/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Guruh qo\'llanman

HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY HAVO KUCHLARI
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari — O‘zbekiston Respub- likasiga havodan turib qilingan har qanday hujumni bartaraf etish borasida zudlik bilan harakat qilishga doimiy shay turuvchi va mamlakatimiz havo sarhadlarini radiolokatsion razvedkasini ta’minlovchi qo‘shin turi.
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari respublikaning ma’mu- riy-siyosiy, sanoat iqtisodiy markazlari va hududlarini, qo‘shinlar guruhlari, harbiy va boshqa muhim obyektlarni dushmanning havo hujumidan himoya qilishga mo‘ljallangan.
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari ularga yuklatilgan barcha vazifalar majmuyini hal qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali shaxsiy tarkibga, yuksak samaradorligi bilan ajralib turadigan kichik, o‘rta, katta olisliklarga mo‘ljallangan zamonaviy zenit rake- tali komplekslarga va har xil ko‘zdan yashiradigan yoki shov- qinlami bartaraf etadigan to‘siqlar qo‘llangan holda ham havodagi nishonlami, avtomatik boshqaruv va nishonlami yakson etuvchi vositalami barcha baland diapazonlarida aniqlashga qodir bo‘lgan radiolokatsion stansiyalariga egadir.
Harbiy havo kuchlari — havodan turib dushmanning aviatsiya, quruqlikdagi qo‘shinlari guruhlariga, davlat va harbiy boshqaruv tizimi obyektlariga frontorti va harbiy-iqtisodiy salohiyatiga, trans- port kommunikatsiyalariga talafot yetkazish, havo razvedkasini amalga oshirish, shuningdek, quruqlik qo‘shinlarini aviatsiya yordamida qo‘llab-quvvatlash, havo desantchilarini tashlash, qo‘shin va moddiy vositalarini havo orqali tashish va boshqa vazifalami bajarishga mo‘ljallangan.
Harbiy havo kuchlari samarali qurol-aslahalar, navigatsiya vositalari, radioelektron qurilmalar bilan ta’minlangan zamonaviy samolyotlar, vertolyotlar, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlariga ega bo‘lib, ular ob-havoning har qanday sharoit- larida, kunduzi yoki tunda bo‘lsin, har qanday balandlikda jan- govar vazifalami bajarishga qodirdirlar.
MUHANDISLIK-QURUVCHILIK QO‘SHINLARI
Muhandislik-quruvchilik qo'shinlari — tinchlik davrida Qurolli Kuchlar infratizimi taraqqiyotini ta’minlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturini bajarishga, urush paytida mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilishlari va qutqaruv-avariya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.
Harbiy shaharchalar va askar kazarmalari, ofitserlar tarkibi muddatidan tashqari shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun turar joylar, askar klublari, oshxona va choyxonalar, harbiy xizmatchilarning bolalari uchun maktab, bog‘cha binolari, gospital va tibbiy punktlar, jangovar texnika va qurol-yarog‘lar uchun park, ombor va garajlar qurish — bularning barchasi qurilish qismlari va bo‘linmalari vazifalari.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin