Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt


-mavzu Harbiy Jinoyatlar moddiy javobgarlik va qo’llaniladigan ta’zirlar



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə19/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Guruh qo\'llanman

2-mavzu Harbiy Jinoyatlar moddiy javobgarlik va qo’llaniladigan ta’zirlar
HARBIY XIZMATCHILARNING MODDIY JAVOBGARLIGI
O‘ziga ishonib topshirilgan qurollami va harbiy texnikalami saqlash tartibini buzgan, belgilangan vazifa hamda majburiyatlami bajarmagan harbiy xizmatchilar intizomiy vajinoiyjavobgarlikka tortiladi. Intizomiyjavobgarlik askargajamoat tartibini va harbiy intizomni buzgan holatlarda qo‘llaniladi. Jinoiyjavobgarlik bo‘yicha qonunbuzarliklar quyidagilar:
• bo‘ysunmaslik, boshliqqa qarshilik ko‘rsatib yoki uning xizmat vazifalarini bajarish vaqtida buzilishga olib kelish; boshliqqa nisbatan kuch ishlatib qo‘rqitish; harbiy xizmatchini haqorat qilish; harbiy xizmatdan bosh tortish; harbiy sirlami oshkor qilish; topshirilgan qurol va harbiy texnikalarni buzish va yo‘qotish; mashinalarni haydash qoidasini buzish; jangovar navbatchilik, qorovul va ichki xizmat tartibini buzish holatlaridir.
Harbiy xizmatchining xatti-harakatida jinoyat tarkibi borligi aniqlansa, komandir (boshliq) harbiy prokurorni xabardor qiladi, zarurat taqozosidanjinoiy ish qo‘zg‘ab, tergov boshlaydi. Xizmat majburiyatlarini bajarish paytida noto‘g‘ri harakat tufayli keltirilgan zarar uchun moddiyjavobgarlikka tortiladi va intizomiy tartibda jazolanish moddiy javobgarlikdan saqlab qolmaydi. Muddatli harbiy xizmatchilar shaxsiy foydalanishida bo‘lgan kiyim-kechaklarni sovurib yuborsa, hisobsiz badalidan tashqari bahosini to‘liq to‘laydilar.
HARBIY JINOYATLARNING TURLARI VA ULAR UCHUN JAVOBGARLIK
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tayotgan askar-matroslar, serjant-starshinalar va ofitserlar sodir etgan nojo‘ya harakatlari, qilmishlari uchun O‘zbe- kiston Respublikasimng Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan asosdajinoiy javobgarlikka tortiladilar. Bo‘ysunmaslik, ya’ni buyruqni bajarish- dan ochiqdan ochiq bosh tortish, shuningdek, buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik — 279-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilanjazolanadi. O‘sha qilmish bir guruh shaxslar tomo- nidan sodir etilgan bo‘lsa, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmishjangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 15 yilga- cha ozodlikdan mahrum etilish bilanjazolanadi.
Buyruqni ehtiyotsizlik tufayli bajarmaslik ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 280-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
Boshliqqa, shuningdek, harbiy xizmat yuzasidan o‘ziga yukla- tilgan vazifalami bajarayotgan boshqa shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoki uni mazkur vazifalami buzishga majbur etish — 281-mod- daga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan, qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi. O‘sha harakatlarjangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
Jangovar vaziyatda boshliqni o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bunday harakat amalga oshirilishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa — 282-moddaga asosan, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
Boshliqni do‘pposlash, uning badaniga yengil yoki o‘rtacha, og‘ir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan o‘z vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan bo‘lsa — 283-moddaga asosan, uch yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi. Badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan, qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa — 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bo‘ysunuvchining o‘z boshlig‘ini, shuningdek, boshliqning o‘ziga bo‘ysunuvchini haqorat qilishi shunday harakatlar uchun intizomiy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — 284-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 3 oygacha qamoq bilanjazolanadi.
Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid Nizom qoidalarini buzish, ya’ni muntazam xo‘rlash, azob berish, sog‘liqning buzilishiga sabab bo‘lgan badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘rtacha, og‘ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish — 285-moddaga asosan, 6 oyga qamoq yoxud bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
Marodyorlik, ya’ni halok bo‘lganlaming yoki yaradorlaming buyumlarinijangovar vaziyatda egallash — 286-moddaga asosan, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchining harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, harbiy qismdan qisqa muddatga ruxsat berilganda, boshqa xizmatga tayinlanganda yoki boshqa xizmat joyiga o‘tkazilganda, xizmat safaridan, ta’tildan yoki davolash muassasasidan uzrli sabablarsiz bir kecha-kunduzdan ortiq, lekin o‘n kecha-kunduzdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmatjoyida hozir bo‘lmasligi, shun- day qilmishlar uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa — 287-moddaga asosan, 6 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish bilanjazolanadi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi, ofitserlar tarkibidan bo‘l- gan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchining qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, shuningdek, uzrli sabablarsiz belgilangan muddatdan o‘n kecha-kunduzdan ortiq, lekin bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida xizmat joyiga yetib kelmasligi — 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi. Harbiy qism yoki xizmatjoyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuning- dek, xizmatga belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz bir oydan ortiq vaqt ichida yetib kelmaslik ushbu moddaning ikkinchi qis- mida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlarjangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, muddatidan qat’i nazar — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mah- rum qilish bilanjazolanadi.
Dezirtirlik, ya’ni harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmatjoyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmatjoyiga yetib kel- maslik — 288-moddaga asosan, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi. O‘sha qilmish ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni kontrakt (shart- noma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Halok bo‘layotgan harbiy kemani o‘z xizmat vazifalarini oxi- rigacha bajarmagan komandir tomonidan, shuningdek, koman- diming tegishli farmoyishi bo‘lmasdan kema jamoasi tarkibidagi shaxs tomonidan tashlab ketilishi — 289-moddaga asosan, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmishjangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
O‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmat- chining o‘z badaniga biron shikast yetkazish yo‘li bilan, shu- ningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlami qalbaki- lashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifa- larini bajarishdan bo‘yin tovlashi yoki bu vazifalami bajarishdan bosh tortishi — 290-moddaga asosan, 6 oygacha qamoq yoki 1 yil- gacha intizomiy qismga yuborish yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi. O‘sha harakatjangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qorovul (soqchilik) xizmati Nizom qoidalarini qorovul tarki- biga kirgan shaxs tomonidan zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, basharti, mazkur qorovul bunday oqibatlarning oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa — 291-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoxud 3 oygacha qamoq yoki 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish bilanjazolanadi. O‘sha qilmish badanga og‘ir shikast yetkazishiga, odam o‘limiga, boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi. O‘sha qilmishjangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa — 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ichki xizmat Nizomi qoidalarini, shuningdek, gamizonda pat- rullik qilish qoidalarini zararli oqibatlar keltirib chiqaradigan tarzda buzish, tegishli xizmat bunday oqibatlaming oldini olish uchun tayinlangan bo‘lsa — 292-moddaga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilanjazolanadi.
Jangovar navbatchilikni o‘tash (jangovar xizmat) qoidalarini buzish qo‘riqlanayotgan obyektlarga zarar yetkazilishiga yoki jangovar topshiriq bajarilmay qolishiga sabab bo‘lsa — 293-mod- daga asosan, 2 yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki 6 oygacha qamoq yoxud 1 yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmish O‘zbekiston Respublikasiga to‘satdan qilingan hujumni o‘z vaqtida payqamaganlik yoki daf etmaganlikda ifodalansa, shuningdek, og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin