Seksiyaning qaynoq safi bir sherengali yoki ikki sherengali boTishi mumkin. Seksiyaning bir (ikki) sherengaga tizilishi «Seksiya bir (ikki) sherengaga saflan» komandasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Seksiya komandiri qad rostlab turib, komanda bergach, saf qarab turgan tomonga yuzlanadi. Seksiya komandirining chap yonida, shtatga asosan, saf tortadi. Safga tizilish boshlanishi bilan seksiya komandiri safga chiqadi va seksiyaning qanday safga tizilishini nazorat qiladi.
Soni to‘rt va undan kam bo‘lgan seksiya hamisha bir sherengaga tiziladi. Zarur hollarda seksiyalardagilar tekislanish uchun «Tekislan», «Chapga qarab tekislan» komandalari beriladi. «Tekislan» komandasi berilganda, o‘ng tomonda turgan harbiy xizmatchidan boshqa hamma boshini o‘ng tomonga buradi (o‘ng quloq chap quloqdan balandroq, iyak biroz ko‘tarilgan bo‘ladi). Tekislanish paytida harbiy xizmatchilar biroz oldinga, orqaga yoki yonlariga siljishi mumkin. Tekislanib boTgach, «Rostlan» komandasi beriladi, unga ko‘ra, barcha harbiy xizmatchilar boshini to‘g‘ri tutadi. Seksiya tekislanib orqaga burilgach, komanda berishda qaysi tomonga qarab tekislanish ta’kidlanadi, «Chap (o‘ng)ga qarab tekislan».
«Erkin» va «Kiyim-bosh to‘g‘rilansin» komandalari berilganda, harbiy xizmatchilar turgan joyida o‘ng yoki chap tizzani xiyol bukib,joyidan qimirlamasdan, xotiranijam qilib va gaplashmasdan turiladi. «Seksiya, tarqal» komandasi berilganda, harbiy xizmatchilar safdan chiqishadi. Seksiyani yig‘ish uchun «Seksiya, oldimga kel» komandasi beriladi. Buyruqni eshitgan harbiy xiz- matchilar yugurib komandirining oldiga kelishadi va uning qo‘- shimcha komandasi bilan safga tizilishadi.
To‘rt nafar va undan kam boTgan seksiya bir qator kolonnaga saflanadi. Seksiyaning yoyiq safdan kolonnaga o‘tishi seksiyaning «Seksiya, o‘ngga buril» komandasi bo‘yicha o‘ngga burilish bilan amalga oshiriladi. Ikki sherengali saf o‘ngga yarim qadam tashlaydi. Seksiya kolonnadan yoyiq safga «Seksiya, safga buril» komandasi bilan qayta tuziladi. Seksiya ikki qatorli kolonnada turgan vaqtida buriladigan bo‘lsa, seksiya komandiri oldinga yarim qadam tashlaydi. Seksiya bir kolonnadan ikki kolonnaga «Seksiya, ikki kolonna bo‘lib qadam tashla» (yurib ketayotgan ikki kolonna bo‘lib yur) komandasi bilan tiziladi. Darhol bajariladigan komanda berilganda, seksiya komandiri (yetakchi) yarim qadam yuradi, ikkinchi raqamlilar o‘ngga chiqib qadamlarini boshqalarga mos tashlab kolonnadagijoylami egallaydi; «Seksiya, to‘g‘riga yur» yoki «Seksiya, to‘xta» komandasi berilgunga qadar, mayda qadam bilan yurib boraveradi.
Seksiya ikki kolonnadan bir nafardan kolonnaga «Seksiya, bir kolonna bo‘lib qadam tashla» (yurib ketayotganda bir kolonna bo‘lib yur) komandasiga ko‘ra, qayta tiziladi. Darhol bajariladigan komandaga ko‘ra, seksiya komandiri (yetakchi) to‘liq qadam bilan, qolganlari esa mayda qadam bilan yuradi:joy bo‘shashi bilan ikkinchi raqamlilar boshqalaming qadam bosishiga mos ravishda yurib turib, birinchi raqamlilaming orasiga o‘tadi va to‘liq qadam tashlay boshlaydi.
Kolonnaning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish uchun quyidagi komandalar beriladi: «Seksiya, o‘ng (chap) yelkani burib olg‘a tashla» komandasiga ko‘ra, yetakchi «To‘g‘riga yur» komandasi berilgunga qadar yurib ketayotib chap (o‘ng) tarafga burilaveradi, qolganlari esa, ularga ergashishadi: «Seksiya, orqamdan yur (yu- gur)» komandasiga ko‘ra, seksiya komandirining orqasidan er- gashadi.