1. Saf va uning elementlari SAF — harbiy xizmatchilar, kichik bo‘limlar va qismlaming nizomiga ko‘ra, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joylashuvi.
SHERENGA (yonma-yon qator) — harbiy xizmatchilarning belgilangan oraliq masofani saqlagan holda bir chiziqqa yonma-yon saf tortishi. Mashinalaming bir chiziqqa yonma-yon saf tortishi.
QANOT — safning o‘ng (chap) chekkasi. Saf bir tomondan ikkinchi tomonga burilgan vaqtda qanotlar nomi o‘zgarmaydi.
OLD — safning harbiy xizmatchilar yuzlanib turgan (mashina-
O‘ng tomon
Oraliq
Chap tomon
Safning eni
135-rasm. Bir qator (sherenga)li saflanish.
laming old) tomoni.
MASOFA — safda yon- ma-yon turgan harbiy xiz- matchilar (mashinalar), bo‘linmalar va qismlar o‘rtasidagi oraliq masofa.
ORQA — oldiga qarama- qarshi tomon.
DISTANSIYA - safda oldinma-keyin turgan harbiy xizmatchilar (mashinalar), bo‘linmalar va qismlar o‘rtasidagi oraliq masofa.
Birinchi To‘liq
sherenga qator
To'liqsiz Ikkinchi qator sherenga
136-rasm. Ikki sherengali saf.
SAFNING ENI — qanotlar o‘rtasidagi masofa.
SAFNING B0‘ YI — birinchi sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan so‘nggi sherenga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar bilan turganda esa, birinchi chiziqda (oldinda) turgan mashinalar bilan so‘nggi (orqada) chiziqda turgan mashinalar o‘rtasidagi masofa.
2. Askarning saflanishdan awal va safdagi majburiyati Har bir askar saflanishi oldidan o‘zining majburiyatlarini o‘ta uquvchanligi bilan ko‘ngildagidek aniq bajarishi lozim.
Saflanish oldidan askar: quroli, o‘ziga biriktirilgan qurol-aslaha va harbiy texnika, o‘q-dori, shaxsiy himoya vositalari, qazuv quroli, kiyim-kechak va anjomlari sozligini tekshirishi, kiyimini to‘g‘rilashi, anjomlarini o‘ziga moslashtirishi va to‘g‘ri taqishi, o‘rtog‘iga kamchiliklarini tuzatishda yordam berishi, safdagi o‘z o‘mini bilishi, unga tez va bo‘shashmasdan borib turishi, harakat vaqtida to‘g‘ri, oldi-orqa va yon tomonlaridagi oraliq masofani saqlagan holda yurishi, xavfsizlik talablariga rioya etishi, ruxsatsiz saf (mashina)dan chiqmasligi, safda turgan vaqtida gapirmasligi va chekmasligi, komandiming komanda va buyruqlariga diqqat bilan quloq solishi, ularni boshqalarga xalaqit bermay tez va soz bajarishi, buyruq va komandalami boshqalarga o‘zgartirmay baland ovozda va aniq yetkazishi lozim.