fazilati hisoblanadi. Har qanday falokat yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda komandir hayotini saqlash va xatardan qutqarishga doim shay turish kerak. Jang maydonida komandirni himoya qilish Qurolli Kuchlardagi askarlarning ajoyib an’analaridan biridir. «O‘zingni demay komandirni qutqar», «Komandirni himoya qil jangda, o‘zingni saqlaganday hayotda» iboralari askarlar orasida bekorga jaranglamaydi. Harbiy xizmatchi birodarlikni e’zozlashga, o‘z hayotini ayamasdan o‘rtoqlarini xavf-xatardan qutqarishga, har birining or-nomusi va qadr- qimmatini hurmat qilishga, o‘ziga va boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘pollik va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ularni noloyiq qilmishlardan tiyib qolishga majburdir. Xalq tomonidan quyidagi so‘zlar bejiz aytilmagan: «Do‘st orttirsang — g‘alabaga erishasan», «Jangda do‘stingni quvvatlasang — o‘zing- dan xatarni quvgan bo‘lasan», «O‘rtoqlaringga yordaming — vzvod obro‘sini oshirishing». Harbiy xizmatchi harbiy xizmat xavfsizligi talablariga, kasallanish, jarohat orttirish va kuyishdan ogohlantirish tadbirlariga rioya qilishi, har kuni jismoniy chiniqishi, mashqda ko‘rganlarini o‘stirishi, zararli odatlardan (chekish va ichkilikdan) tiyilishi lozim. Harbiy xizmatchi jangovar harakatlar paytida, hatto o‘z harbiy qismi- dan (bo‘linmasidan) yiroq va to‘la qurshovda qolgan bo‘lsa ham, asirga tushishdan qutulmoq uchun dushmanga ashaddiy qarshilik ko‘rsatishga, u jangda askarlik burchini oxirigacha bajarishga majbur.
Harbiy unvonlar va farqli belgilar Harbiy unvonlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shin turlariga oid harbiy maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga, xizmat