Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə6/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Guruh qo\'llanman

BMTning asosiy maqsad:
— butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash;
— do‘stona munosabatlarni rivojlantirish;
— kambag‘allik, qashshoqlik, kasallik, savodsizlikni tugatish;
— atrof muhitga yetkazilayotgan zararning oldini olish;
— inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash.
BMTning oltita bosh organi mavjud. Ular:
1. Bosh Assambleya - BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. Uning ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
2. Xavfsizlik Kengashi - 5 ta davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya) va 2 yil muddatga saylanadigan 10 ta doimiy bo‘lmagan qatnashchilardan tarkib topgan. Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash masalalarini ko‘rib chiqadi.
3. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash - BMTga a’zo 54 davlatdan iborat, sotsial-iqtisodiy masalalarni ko‘rib chiqadi.
4. Vasiylik Kengashi – qaram hududlarni boshqarish uchun tuzilgan vasiylik tizimini nazorat qilib turish maqsadida ta`sis etilgan. 1975 yildayoq barcha qaram hududlar mustaqillikka erishgani tufayli bunday kengashga bo`lgan zarurat barham topdi.
5. Xalqaro Sud - 15 sudya (9 yilga Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan saylanadi)dan iborat bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi, shuningdek xalqaro muammolar bo‘yicha konsultativ xulosalar beradi.
6. Kotibiyat - BMT Bosh Kotibi tomonidan boshqariladi va BMT ma`muriyat organi hisoblanadi.

BMT tomonidan qabul qilingan hujjatlar va tashkilotlar:
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — 1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida
217 A (III) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va BMTga a’zo barcha davlatlar uchun tavsiya qilingan.
Deklaratsiya matni hamma odamlarga taalluqli huquqlarni global aniqlab bergan birinchi hujjatdir. U 30 moddadan iborat. 1950-yildan boshlab 10 dekabr har yili Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kun sifatida nishonlanib kelinmoqda.
2. BMT huzurida YUNESKO (BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti), XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti), BSST (Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) va boshqa xalqaro tashkilotlar.
3. 1946-yildan boshlab BMT doirasida, shuningdek, BMT Bolalar Fondi (YUNISEF) ham faoliyat yuritmoqda. U mamlakatlarga favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashadi, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, maqbul sanitar sharoitlari yaratish bilan shug‘ullanadi, bolalar va ayollar ovqatlanishi va ta’lim olishi ustidan nazorat qiladi.
YUNISEF faol ishlari tufayli har yili 3 milliondan ortiq bolaning hayoti saqlab qolinadi. 1959-yilda BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi.
1979-yil BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb e’lon qilindi. Bolalarning huquqlari shuningdek 1989-yil 20-yanvardagi Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyada ham mustahkamlangan. O‘zbekiston ham 1989-yilda Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyani imzoladi.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin