UrDU Jismoniy madaniyat fakulteti “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi tomonidan 2023-yilning 6-aprel kuni o‘tkazilgan “Kafedra kunlari” tadbirida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT Tadbir tashkilotchisi:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Mas’ullar: Matniyazov Xasan, Saidnazarov Ulug’bek, Madaminov Azimbek
“O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi
24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli prezident farmonida O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning hozirgi axvoli va kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan bir qatorda yoshlarning aqliy va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
14.01.2021 yildagi PQ-4954-sonli Prezident qaror va farmonlarining ijrosini ta’minlash, Respublikamizda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalarining Talabalar turar joyidagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida shaxmat sporti bo‘yicha kichik turnir tashkil qilindi. Tadbirimizda Jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan talabalar faol qatnashishdi.
TTJ da o‘tkazilgan musobaqa “rapid” yo‘nalishida o‘tkazildi.
Bellashuv qiziqli kombinatsiyalar va usullarga boy bo‘ldi. Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilari o‘tkazilgan tadbir haqida o‘z fikrlarini bildirdilar va bu musobaqalarni muntazam o‘tkazib borish va bo‘sh vaqtlarida shaxmat o‘ynash ishtiyoqi baland ekanligini bildirdilar.
Mas’ullar: Matniyazov Xasan Saidnazarov Ulug’bek Madaminov Azimbek Kafedra mudiri Z. T. Sherov
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi tomonidan 2023-yilning 6-aprel kuni o‘tkazilgan “Kafedra kunlari” tadbiridan fotolavhalar