F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


yumronqoziqlar o ‘rtacha va prometey sichqonlari esa kichik areal



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
yumronqoziqlar o ‘rtacha va prometey sichqonlari esa kichik areal
lami hosil qiladi. Keng areallar butun oblastlami, materiklami va
hatto yer sharini egallaydi. Quruqlik hayvonlari ko‘pincha tor, dengiz
hayvonlari esa keng areallami hosil qiladi. Areallaming ko‘lami va
ko‘rinishi o ‘zgaruvchan bo‘ladi. Areal chegarasining tebranishi va ar-
ealda hayvonlar tarqalishining o ‘zgarishi doimiy yuz berib turadigan
jarayondir. Bunday xususiyat arealdagi hayvonlar sonining dinami-
kasi bilan ham bog‘liq. Ayniqsa, kemimvchilar va hasharotlarlarda
bu holat yaqqol kuzatiladi. Hayvonlar sonining oshishi bilan ba’zan
ularda qayta joylashish yuz beradi va natijada areal kengayadi, aksin
cha, hayvonlar sonining kamayishi esa arealning torayishiga va par-
chalanishiga olib keladi.
Ba’zan areallar chegarasining o ‘zgarishi ulardagi yashash sharoit-
larining abiotik omillar natijasida o ‘zgarishi tufayli yuz beradi. Ma
salan, Qozog‘istonning tekisliklarida namlikning qisman o ‘zgarishi
ham organizmlaming soniga ta’sir ko‘rsatadi va ko‘pchilik qushlar
yuzlab kilometrga o ‘z arealini o ‘zgartiradi. Ko‘pgina hollarda areal
yaqqol tebranish chegaralariga ega bo‘ladi. Bunday chegaralar opti
mum, pessimum va neytral mintaqalarga ajratiladi. Odatda, areallar­
ning chekka mintaqalarida tur vakillari siyrak sonda uchraydi va bun
day xususiyat, bir tomondan, areal chekkasidagi fizik va kimyoviy
muhit sharoitining noqulayligi, ikkinchi tomondan, boshqa turlar
bilan bo‘ladigan raqobatning yuqori darajadaligi tushuntiriladi. Raqo-
batning susayishi arealning kengayishiga olib keladi.
Turlaming areal doirasida tarqalish yo ‘nalishi optimal mintaqadan
nisbatan noqulay sharoitli mintaqalarga tomon sodir bo‘ladi. Muhit

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin