sharoitlari bir xilda qulay bo‘lgan taqdirda, qandaydir avvalgi mav- jud to‘siqlaming y o ‘qolishi (masalan, Bering bo‘g ‘ozida bo‘yinning pay do bo‘lishi) turli tur vakillari orasida o ‘zaro almashinuvni yuzaga 66
keltiradi. Bunday holatda nisbatan harakatchan va populatsiyalar soni ko‘p bo‘lganturlarda (qushlar, tuyoqlilar) immigratsiya jarayoni jadal kechadi. Bu jarayonda keng tarqalgan va soni ko‘p bo‘lgan turlar ham faol ishtirok etadi. Areal ko‘lamiga xos bo‘lgan xususiyatlami arealda tarqalgan tur laming ekologik valentligi, tarqalish qobiliyati, yoshi, turning yangi formalar hosil qilish qobiliyati kabi qator omillar belgilaydi. Areal egallagan may don muayyan turning yashashi uchun qulay bo‘lgan sharoitlami o ‘zida mujassamlashtirgan maydondan katta bo‘lishi mumkin emas. Agarda bunday maydon kichik bo‘lsa, mos ravishda tur areali ham kichik bo‘ladi. Ko‘pincha hayvonlaming areali, gar- chi qulay sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda ham kichik maydonni egallaydi. Bu o ‘rinda arealning ko‘lamini belgilovchi omil sifatida turning qadimiyligi (filogenetik yoshi), uning tarqalish qobiliyati, chegaralami kecha olish qobiliyati va ekologik valentligi xizmat qila- di. Quzg‘un, bo‘ri va olmaxon kabi hayvonlar tundra, o ‘rmon va tog‘ kabi turli-tuman ekologik sharoitlarda yashay oladi. Bunday turlar ubikvistlar deyiladi, ulaming areallari keng maydonni egallaydi. Ay rim hayvon turlari deyarli yer yuzining barcha mintaqalarida tarqal gan bo‘lishi mumkin. Bunday keng areallami egallovchi turlar kos mopolitlar deb yuritiladi. Lochin kosmopolit turlardan bo‘lib, uning kenja turlari Yevropada, Osiyoda, Amerikada, Afrikada va Avstraliya