F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
N azorat topshiriqlari
1. Xaritadan foydalanib Neotropik zoogeografik oblastining geo-
grafik о ‘mi, о ‘simlik dunyosi va tabiiy sharoiti to ‘g ‘risida so ‘zlab
bering.
2. Neotropikfaunasiga xos bo ‘Igan turlarga misollar keltiring.
3. Karib, Markaziy Amerika, Amazoniya va Patagon-Chili hudud-
lari faunasini o'zaro solishtiring va o'ziga xos tomonlari haqida
so ‘zlab bering.
168


4. Oblast faunasiga salbiy t a ’sir etuvchi antropogen omillar va
ulaming oqibatlarini misollar bilan tushuntiring.
5. Neotropik oblasti faunasini boshqa oblastlar faunasi bilan
qiyoslang va tahlil qiling.
5.6. Avstraliya zoogeografik oblasti
Geografik o ‘mi va tabiiy sharoiti. Avstraliya zoogeografik oblasti 
tarkibiga Avstraliya, Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, Kenguru, 
King, Flinders kabi orollar, Bismark, Solomonov arxipilaglari kiradi.
Avstraliyaning tabiiy sharoiti uning geografik joylashuvi, relyefi 
va iqlimi bilan bog‘liq. Materikning shimoliy qismi tropik, marka 
ziy qismi subtropik, janubiy qismi esa mo‘tadil mintaqada joylashgan 
(19-rasm).
169


Avstraliya zoogeografik oblasti turli mintaqalarda joylashganligi 
sababli bu yerda asosan tropik va subtropik iqlim hukmronlik qiladi. 
Faqat materikning janubiy qismi va Tasmaniyada mo‘tadil iqlim ku 
zatiladi. Yangi Gvineya tropik mintaqada joylashgan bo‘lib, uning 
asosiy qismi tropik o ‘rmonlar bilan egallangan.
Tog‘ tizmalari materikning chekka qismlarida joylashgan bo‘lib, 
asosiy yog‘inlarni ushlab qoladi va natijada materikning markaziy 
qismida nam tanqisligi kuzatiladi. G ‘arbiy sohillar Darling va Vikto 
riya past tog‘liklari bilan hoshiyalangan, sharqiy sohil bo‘ylab Kat 
ta suvayirg‘ich tizmasi cho‘zilgan bo ‘lib, uning alohida cho‘qqilari 
2200
metrga yetadi.
Yomg‘irlaming asosiy qismi Avstraliyaning shimoli-sharqiga 
(Kvinslend) yog‘adi. Oblastning shimoli-sharqida tropik, uningjanu- 
bida subtropik, yana ham janubda esa doimiy yashil (ochiq urug‘li 
va keng bargli) o ‘rmonlar shakllangan. Tasmaniya orolida ham nam- 
likning yetarli darajada boiishi bu yerda o‘rmonlarning shakllanishi- 
ga olib kelgan. Avstraliyaning nam subtropik o ‘rmonlarida o‘ziga 
xos yirik ekvaliptlar o‘sadi. Janubi-g‘arbiy qismi nisbatan quruq 
o ‘rmonlar bilan qoplangan. Tasmaniyada daraxtsimon paporotnik 
va buk (notofagus)dan iborat keng bargli o‘rmonlar shakllangan. 
Namlikning yetishmasligi sababli materikning asosiy qismini cho‘1, 
chala cho‘l, dasht, savanna va ba’zan juda zich qoplamlami hosil qi 
luvchi akatsiya va boshqa qurg‘oqchilikka chidamli daraxt va buta 
lardan tashkil topgan skreblar egallaydi (skreb past bo‘yli va qattiq 
bargli evkaliptlar yoki doimiy yashil akatsiyalardan iborat o‘ziga 
xos o ‘simlik qoplamlari). Sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida yirik 
ekvaliptlardan, janubiy qismida esa akatsiyadan iborat o‘rmonlar 
uchraydi. Yil davomidagi o ‘rtacha namlik Avstraliyaning turli rayon- 
larida turlicha bo‘lib, o‘ziga xos floristik tarkibning shakllanishiga 
olib kelgan. Florasi tarkibida doimiy yashil o‘rmonlardan tortib tropik 
o‘rmonlargacha bo‘lgan oraliqdagi o ‘simlik qoplamlari shakllangan.
Avstraliyada qumli, tuproqli, sho‘rxok, toshloq va boshqa tipdagi 
cho‘llar uchraydi. Ulaming har biri tegishli o ‘simlik va hayvonot ola-
170


miga ega. Hududning iqlimiy va floristik tarkibi hayvonot dunyosini 
belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oblastning turli mintaqa- 
larida turlicha ahamiyat kasb etadi.
Avstraliya faunasining eng muhim belgisi faunaning orol xarak 
teriga egaligidir. Oblastga tegishli ayrim orollar hech qachon o‘zaro 
va Avstraliya materigi bilan aloqada bo‘lmagan, mabodo aloqada 
bo‘lgan taqdirda ham bu hodisa ancha qadimda sodir bo‘lgan. Avs 
traliya yirik orol bo‘lib, unda orollarga xos xususiyatlar namoyon 
bo‘ladi. Shu sababli oblastning faunasi butunlay orollarga xos bo‘lib, 
birinchidan, faunasi tarkibida turlar soni kam, ikkinchidan, endemikla 
rining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Avstraliyada boshqa faunistik 
oblastlarga xos bo‘lgan ko‘pchilik turlar uchramaydi, uchraganlari 
esa inson faoliyati natijasida bu yerda tarqalgan.
Avstraliya cho‘llaridagi o ‘simliklarning asosiy qismi sho‘r ko‘llar 
yoki doimiy bo ‘lmagan soylaming atroflaridagina tarqalgan. Shu kabi 
cho‘llarning mazkur qismlarida hayvonot dunyosi tarkibidagi turlar 
soni ham nisbatan ко‘p. Avstraliya cho‘llarida yashaydigan hayvon 
laming ekologik guruhlari va ekologik xususiyatlarida yer sharining 
boshqa qismlaridagi cho‘llarda yashovchi hayvonlarga juda o‘xshash 
bo‘lgan belgilami kuzatish mumkin. Cho‘lga xos bo‘lgan qator 
ekologik omillar hayvonot dunyosi uchun ekstremal sharoit yaratadi. 
Bunday sharoit ayrim turlar uchun noqulayliklar tug‘diradi va shu 
sababli Avstraliya cho‘llari faunasi tarkibida turlar soni ancha kam. 
Cho‘llarda yashovchi hayvonlarda moslashish bilan bog‘liq morfo- 
fiziologik belgilar yaqqol namoyon bo‘ladi va bu xususiyat ulaming 
etologiyasida o‘z aksini topadi. Avstraliya cho‘llarida olib boriladi- 
gan har qanday antropogen faoliyat bu joydagi hayvonot dunyosining 
tur tarkibiga u yoki bu darajada juda tez ta’sir etadi. Shu sababli cho‘l 
hayvonlarini muhofaza qilish, ayni vaqtda Avstraliyaning dolzarb 
muammolaridan biriga aylangan.
Faunasiga umumiy tavsif. Avstraliya faunasi uchun xos xususi 
yat - fauna tarkibida turlar sonining nisbatan kamligi, qadimiyligi va 
endemizm darajasining yuqoriligidir. Buning asosiy sababi Avstrali
171


yaning yirik oroldan iboratligi hamda oblastga tegishli boMgan orol- 
chalaming o ‘zaro va Avstraliya materigi bilan aloqada bo‘lmaganligi 
bilan tushuntiriladi. Bunday o ‘ziga xos alohidalashgan zoogeografik 
oblastga ko‘pchilik hayvon turlarining kirib kelishi chegaralangan. 
Fauna tarkibidagi 'o ‘zgarishlaming aksariyati inson faoliyati bilan 
chambarchas bog‘liq.
Avstraliya faunasi tarkibida yuksak yo‘ldoshlilardan kemiruvchi- 
lar va qo‘lqanotlilarning ayrim turlari uchraydi, xolos. Oblastning orol 
xususiyatiga egaligi sababli, uning faunasi tarkibida hozirgacha ham 
relikt guruhga mansub hayvonlami (tuxum qo‘yuvchilar) uchratish 
mumkin. Xaltalilarning turlari juda k o ‘p bo‘lib, ulaming bitta kenja 
turkumi endemiklardan tashkil topgan. Avstraliya strauslarining tur- 
kumlari ham endemiklar bo‘lib, ularga emu va kazuarlar tegishli. 
Bundan tashqari, ikki xil nafas oluvchi baliqlardan shoxtishlisimonlar 
ham endemiklar sanaladi (20-rasm).
Dastlabki sutemizuvchilar endemik kenja sinfni tashkil etadi va 
bu kenja sinfga yagona turkum boMgan bir teshiklilar kiradi. Bir te- 
shiklilar turkumiga ikkita oila, y a’ni o ‘rdak burunlar va exidnalar 
tegishlidir. 0 ‘rdakburunlar Avstraliyaning janubida va Tasmaniya­
da uchraydi. Exidnalarning ikkita avlodi Yangi Gvineyada va cho‘l 
mintaqasidan tashqari butun Avstraliyada tarqalgan. 0 ‘rdakburunlar 
suvda yashashga moslashgan b o iib , ulaming tashqi tuzilishida suv­
da yashashga imkon beruvchi qator belgilarni kuzatish mumkin. 
Exidnalar tuproq ostidagi uyalarida yashab, chumoli va termitlar 
bilan oziqlanishga moslashishgan. Tuproqda uya qazish munosabati 
bilan ulaming oyoqlari baquvvatlashgan, timoqlari kuchli, tum shug‘i 
cho‘zilgan, tili uzun va yopishqoq bo‘ladi. Exidnalar Avstraliyada qa- 
zilma holida ham topilgan va bu hoi mazkur hayvonlaming qadimda 
ham Avstraliyada yashaganligidan dalolat beradi.
172


20-rasm . 

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin