F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Oligotrof ko‘lla r - 
(gr. oligos ozgina, uncha ко ‘p bo ‘ lmagan+trophe 
oziqlanish) - odatda, chuqur ko'llar bo‘lib, suvi tarkibida azot va fos- 
for minerallari kam va shu sababli mazkur ko‘llarda hayvonlaming 
zichligi ham past bo ‘ ladi.
Paleoendemiklar 
- (gr. palaios qadimgi+endemos mahalliy) -
qadimgi davrlardan bizgacha yetib kelgan, areali tubdan qisqargan, 
faqat muayyan hududga (oblastga) gina xos bo‘lgan hamda ko‘pincha 
shu yerda pay do bo‘lgan va uzoq yillardan buy on yashayotgan relikt 
endemik tur (yoki avlod)lar. Paleoendemiklar qoida tariqasida relikt 
deb yuritiladi. Bunday turlar ko‘pincha atrofdagi boshqa flora va fau­
na vakillari bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaydi.
Pampas 
- (isp. pampa) - Janubiy Amerika va asosan Argentina- 
dagi subtropik dashtlar.
Pelagial 
- (gr. pelagos dengiz) - okean, dengiz va ko‘llaming 
qirg‘oq bilan aloqada bo‘lmagan suvlik qatlami.
Plankton 
- (gr. plankton daydib yumvchi) - suv betida yashovchi, 
harakatlanishi to‘liq suv oqimiga bog‘liq bo‘lgan organizmlar maj­
muasi.
Pleyston 
- (gr. plein kemada suzmoq) - tanasining bir qismi suv­
ning yuzasidagi havo muhitida joylashgan suv organizmlari.
Preriya 
- (fr. prairie o‘tloq, yaylov) - Shimoliy Amerikadagi 
Missuriya daryosining g ‘arbida joylashgan tekislikdan iborat dasht
205


hududi. Ayni vaqtda preriya egallagan deyarli barcha maydon asosan 
ekinzorlarga aylantirilgan.
Relikt 
- (lot. relictum qoldiq) - qadimgi davrlardan qoldiq sifa­
tida saqlanib qolgan organizm, predmet yoki hodisa.
Reofil 
- (gr. rheos oqim+phileo sevaman) - oqimga ega boig an
suvlarda yashashga moslashgan hayvon turlari.
Savannalar 
- (isp. sabana) - o ‘tchil o ‘simliklar va asosan bo- 
shoqlilar (bo‘yi 5 metrgacha yetadi) bilan qoplangan tekisliklar.
Skreb 
- (ing. scrub) - Avstraliyaning qurg‘oqchil rayonlaridagi 
past bo‘yli, qurg‘oqchilikka chidamli doimiy yashil buta o ‘simliklari 
qoplami.
Stenoterm 
- (gr. stenos tor, cheklangan+therme issiq) - tashqi 
muhitning kam tebranishli haroratga ega boig an sharoitida yashash 
qobiliyatini saqlab qolgan organizmlar majmuasi.
Termofil 
- (gr. thermos issiq+phileo sevaman) - harorati nisbatan 
yuqori b o ig an tashqi muhit sharoitida yashashga qobiliyatli orga­
nizmlar majmuasi.
Ubikvistlar 
- (lot. ubique hamma joyda, har yerda) - juda xilma- 
xil sharoitlarda yashay olish qobiliyatiga ega bo ‘ lgan о ‘ simlik va hay­
von turlari (bo‘ri, tulki).
Fauna 
- (lot. fauna) - qadimgi Rim afsonalariga ko‘ra, o‘rmon va 
dalalar m a’budasi, podalar homiysi m a’nosiga ega b o iib , qandaydir 
sistematik guruhga mansub hayvonlaming tarixiy shakllangan maj­
muasi (ixtiofauna va boshqalar).
Flora 
- (lot. flora) - qadimgi Rim afsonalariga ko‘ra, gullar, bahor 
va yoshlik ma’budasi ma’nosiga ega b o iib , qandaydir joydagi yoki 
geologik davrdagi barcha o‘simlik turlarining majmuasi.
Formatsiya 
- (lot. formation hosil boiish, tur) - muayyan da- 
rajaga, rivojlanish bosqichiga muvofiq keladigan biror bir narsaning 
tuzilishi yoki tipi.
E vribiontlar - (gr. eurys keng+bios hayot) - tashqi muhitning 
juda turli-tuman sharoitlarida yashash qobiliyatiga ega b o ig an orga­
nizmlar.
206



Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin