Jahonning rangli metallurgiyasi



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/2
tarix16.02.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#84537
  1   2
Jahonning rangli metallurgiyasi — копия

Jahonning rangli metallurgiyasi

toshpo’latov abdurahim

reja

  • 1. Jahon metallurgiya sanoati
  • 2. Jahon mashinasozlik sanoati
  • 3. Jahon kimyo sanoati

1. Jahon metallurgiya sanoati

  • Qora metallurgiya. Qora metallurgiya-sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, mashinasozlik va qurilishni rivojlantirish asosi, xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarini texnik jihozlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Uning tarkibiga rudali va norudali xomashyoni qazib olish, boyitish, cho’yan, po’lat, prokat, ferroqotishmalar kabi ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi.
  • Qora metallurgiya sanoati korxonalari tarkibida metal eritish bosqichlaring mavjudligiga ko’ra ular metallurgiya kombinatlari (cho’yan, po’lat eritish va prokat ishlab chiqarish tsikllarining mavjudligi)ga, qayta ishlovchi korxonalar (cho’yan eritish sexidan tashqari)ga va kichik metallurgiya sanoati korxonalariga bo’linadi.
  • Bundan tashqari metall parchalari (siniqlari) asosida elektr pechlarida metall eritish korxonalariga bo’linadi.
  • Metall eritish uchun asosan temir rudasi, marganets va xrom rudalari kerak bo’ladi.
  • Dunyoda yiliga 1 mlrd.t. temir rudasi qazib olinadi, shuning 23% Xitoyga, 17% Braziliya va 13% Avstraliyaga to’g’ri keladi. Bundan tashqari temir rudasi Rossiyadan Ukraina, AQSH, Italiya, Hindiston, Kanada, Venesuela, Frantsiya va Qozog’istondan qazib olinadi.
  • Temir rudasini eksport qiluvchi mamlakatlarga Braziliya va Avstraliya misol bo’ladi va ularga jahondagi eksport qilinadigan temir rudasining 60% to’g’ri keladi. Ko’pchilik mamlakatlar, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy o’zlaridan temir rudasini qazib olish bilan birga, chetdan temir rudasini sotib oladi. Dunyoda eng ko’p temir rudasini import qiluvchi davlatlarga Yaponiya, Germaniya, Koreya Respublikalari misol bo’ladi.

Qora metallurgiya kombinatlarida 1 t. cho’yan olish uchun 1,5-2 t. temir rudasi, 1-1,2 t. kokslangan ko’mir, jami 4-5 t. xom-ashyo va yoqilg’i ishlatiladi. Shu sababli qora metallurgiya kombinatlarini joylashtirish uchun eng qulay joy temir va marganets rudalari va kokslanuvchi ko’mir bor joylar hisoblanadi. Shu boisdan ham Hindiston, Xitoy, Qozog’iston, Avstraliya va Ukrainaning Donbass Dnepr bo’yi rayonlaridagi qora metallurgiya kombinatlari xom-ashyo rayonlariga joylashgan.
Ko’pchilik joylarda temir rudasi tarkibida rudaning miqdori 50% dan kam.Shu sababli Frantsiya, AQSH, Italiya, Shvetsiya, Braziliyadagi ayrim qora metallurgiya kombinatlari temir rudasiga yaqin yoki toshko’mir konlariga yaqin joylarga yaqin joylashtirilgan. Jumladan, Germaniyaning qora metallurgiya kombinati Rur toshko’mir havzasiga, AQSHda Pensilvaniya, Ukrainadan Donbass, Rossiyada Kuzbass ko’mir konlariga yaqin joylashtirilagan.
Hozirgi kunda, ko’pchilik mamlakatlarda qora metallurgiya kombinatlari temir siniqlari asosida ishlaydi. Shu sababli bunday kombinatlarda cho’yan eritish bosqichi yo’q. Temir siniqlari asosida po’lat eritadigan kombinatlarga AQSHning Janubiy va G’arbida joylashgan metallurgiya kombinatlari, Rossiyadagi ayrim kombinatlar misol bo’ladi.
Ko’pchilik temir rudasini chetdan sotib oluvchi davlatlarda qora metallurgiya kombinatlari dengiz bo’yi hududlarida joylashgan. Bunday qora metallurgiya kombinatlariga Yaponiyadagi qora metallurgiya kombinatlari misol bo’ladi. Chunki Yaponiya temir rudasini Avstraliya, Hindiston va Braziliyadan olib kelsa, toshko’mirni Avstraliya va Xitoydan olib keladi. Shuningdek Italiya, Frantsiya, AQSH, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiyadagi yirik metallurgiya kombinatlari ham port shaharlarida joylashgan. Bunga, Italiyaning Neapol, Genuya, Taronta, Frantsiyaning Marsel, Dunkerk, AQSHning Baltimor, Filadelfiya, Xitoyning Uxan shaharlarida joylashgan.Har yili 700-750 mlrd.t. po’lat eritiladi. Po’lat eritishda Xitoy, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Braziliya, Angliya, Frantsiya, Italiya kabi davlatlar yetakchi hisoblanadi.Keyingi yillarda po’lat eritish Koreya Respublikasi, Braziliya, Hindiston, Meksika, Argentina kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning hissasi borgan sari ortib bormoqda.
MDH mamlakatlarida po’lat eritish Rossiyadan tashqari Ukraina, Qozog’iston, Gruziya va O’zbekistonda amalga oshiriladi.Dunyoda eksport qilinadigan po’latning 15% Rossiya hissasiga to’g’ri keladi.
Rangli metallurgiya sanoati.
Rangli metallurgiya sanoati-rangli, nodir va kam uchraydigan metall rudalarini qazib olish, boyitish va eritishni o’z ichiga oladi.Jahon rangli metallurgiya sanoatida aluminiy eritish 45% ni, mis eritish 25% ni, rux eritish 16%, qo’rg’oshin eritish 17% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari nikel, qalay, magniy, kobalt, volfram va molibden eritish ham jahonda ancha keng rivojlangan.Rangli metallurgiya sanoati korxonalarini joylashtirish, ularning ayrim xususiyatlarini hisobga olib joylashtirishni taqozo qiladi. Bular quyidagialr:-Ko’pchilik rangli metallar ruda tarkibida juda kam uchraydi. Shu sababli ularni ruda qazib olinayotgan joylardan uzoqda joylashtirish rentabyellik emas;-Ayrim rangli metallarni ruda tarkibidan ajratib olish katta elektr quvvatini talab qiladi. Shu sababli bunday sanoat korxonalarini arzon energiya mavjud hududlarda joylashtirish maqsadga muvofiq;-Ko’pchilik rangli metallar, ruda tarkibida birgalikda uchraydi. Shu sababli bunday rudalardan bir necha metall ajratib olinadi;-Hozirgi kunda rangli metallarning bir qismi metal siniqlarini qayta eritish asosida olinmoqda. Jumladan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mis va aluminiyning 25-30%, qo’rg’oshinning 45-50% ikkilamchi mahsulotlarni qayta eritish asosida olinmoqda.Rangli metallurgiya sanoati korxonalarini joylashtirish ham hilma-xil. Jahon rangli metallurgiya sanoati yetakchi o’rinni egallaydi. Uni alyuminiy olishning texnologik jarayoni ham ancha murakkab.
Jumladan, aluminiy ishlab chiqarishning dastlabki bosqichi-xom-ashyo (boksit, nefelin, alunit)ni qazib olish. Aluminiy sanoatining ushbu bosqichi xom-ashyo rayonlarida joylashtiriladi.Aluminiy olishning ikkinchi bosqichi aluminiy oksidi ya’ni glinazem olishdir. Bu jarayon xom-ashyoni va elektr quvvatini ko’p talab qiladi. Shu sababli, aluminiy sanoatining ushbu bosqichi xom-ashyo, hamda elektr stantsiyalariga yaqin joylarda joylashtiriladi.Aluminiy olishning uchinchi bosqichi glinazyomdan elektrolizlar yordamida aluminiyni olishdan iborat. Bu jarayon katta elektr quvvatini talab qilganligi sababli bunday sanoat korxonalari arzon elektr energiyasini ishlab chiqaradigan hududlarda joylashtiriladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin