F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


dalanishadi yoki termitlami ovlashadi (naytishlar). Chigirtkalar fau­



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/92
tarix15.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#180671
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

dalanishadi yoki termitlami ovlashadi (naytishlar). Chigirtkalar fau­
nasi tarkibida turlar soni juda ko‘pligi bilan ajralib turadi. Ular orasida
gala holida yashovchilari ham bor. Jumladan, shistotserka minglab km
ga tarqaluvchi va o ‘z y o ‘lida uchrovchi barcha o ‘simliklami qimvchi
turdir. Qo‘ng‘izlardan Afrikaning cho‘l mintaqasida uchrovchi qora
qo‘ng‘izlar (Tenebrionidae) ustunlikka ega. 0 ‘rmonlarda esa uzun-
ligi 
10-11
sm keladigan goliaflar, bug‘u qo‘ng‘izlar, m o‘ylovdorlar
94


va boshqalar keng tarqalgan. Uyqu kasalligini keltirib chiqaruvchi se-
se pashshasi ham Efiopiya faunasiga xos turdir. Sharqiy va Markaziy
Afrikada uyqu kasalligi va undan qolishmaydigan nagana kasalligi
tarqalgan va shu sababli bu joylarda otlami saqlash va chorvachilikni
yuritish foydasiz soha sanaladi. Kunduzgi kapalaklar nisbatan kam va
ular uchun ko‘rkam ranglar ham xos emas.
Yer yuzasida yashovchi mollyuskalardan o ‘zining yirikligi bilan
ajralib turuvchi axatina avlodiga mansub turlar keng tarqalgan. Ail
lyidae oilasiga mansub mollyuskalar faqat Efiopiya faunasiga xosdir.
Efiopiya oblastini landshaftlarining xususiyatlariga, o ‘simlik qop-
lamlarining o ‘ziga xosligiga va faunasining muvofiqligiga ko‘ra 3 ta
hududga ajratish mumkin: Sharqiy Afrika, G‘arbiy Afrika va Janubiy
Afrika.
Sharqiy Afrika materikning katta qismini, Saxara cho ‘ lining janu
bini va janubiy tropikkacha bo‘lgan maydonni egallaydi. Bu yerda
savannalar va tizma tog‘lar landshafiti shakllangan. Afrika savannalari
tashqi ko‘rinishi bilan Yevrosiyodagi o ‘rmon dashtlariga o ‘xshaydi.
Xilma-xillik o ‘tchil o ‘simliklarda nisbatan kam, daraxtlarda esa ak

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin