Chuchuk suv havzalarining faunasi dengiz faunasi asosida shakl
langan ikkinchi yashash muhiti sanaladi
va ayni vaqtda ham ayrim
hayvon turlarining dengizlardan daryo va ko‘llarga ko‘chib o‘tish ja
rayoni davom etmoqda. Bunday xususiyat ayniqsa, tropik mintaqada
kuzatiladi.
Chuchuk suv havzalari faunasining o‘ziga xosligini belgilovchi
asosiy ekologik omillarga suvning kimyoviy tarkibi, harorat, suv
oqimining mavjudligi yoki mavjud emasligi va boshqalar kiradi.
Mazkur omillar hayvonot dunyosining tarqalishini belgilovchi asosiy
ko‘rsatkichlardir. Bunday havzalarda suv oqimi turlicha bo‘lib, daryo
va irmoqlarda tez oqsa, ko‘llarda deyarli oqim kuzatilmaydi. Hayvon
lar suv oqimi tezligiga juda sezuvchan bo‘lishadi va shunga ko‘ra ular
reofil (oquvchan suvlarda yashovchi) va limnofil (oqmaydigan
suvlarda yashovchi) turlarga ajratiladi. Chuchuk suv hayvon-larini
evribiontlarga kiritish mumkin.
Ko‘lning u yoki bu turdagi organizmlar tomonidan egallanishi
uning mahsuldorlik darajasini belgilaydi. Ko‘llar
mahsuldorlik da
rajasiga ko‘ra gidrobiologik klassifikatsiya qilinadi. Gidrobiologik
klassifikatsiyalashga asosan evtrof, oligotrof va distrof ko‘l tiplari
farq qilinadi.
Evtrof ko‘llaming suvi azot va fosfor o‘g‘itlariga boy bo‘lib, bu
ularga quyiladigan suv tarkibida minerallar va organik moddalar
ko‘pligi bilan tushuntiriladi. Evtrof ко‘llarda plankton va bentos or-
ganizmlaming tur soni ko‘p, populatsiya zichligi esa yuqori bo‘ladi.
Organizmlarning ko‘pligi suvning chuqur qatlamida kislorodning ka
mayishiga, suvning tiniqlik darajasi pasayishiga olib keladi va ay
niqsa, suv oqimi to‘xtaganda bu holat yaqqol kuzatiladi. 0 ‘zbekiston
hududida joylashgan ko‘pchilik ko‘llami evtrof ko‘llarga
kiritish
mumkin. Bunday ko‘llaming litoral mintaqasidagi fauna tarkibida tur
soni ko‘p bo‘ladi. AQSHning Michigan shtatida joylashgan ko‘l tubi
dagi lm 2 maydonda 4400 ta bentos organizmlar topilgan (mollyuska-
lar, hasharotlaming lichinkalari, mshankalar, to‘garak chuvalchanglar
va boshq.).
18
Oligotrof ko‘llar odatda, chuqur ko‘llar boiib, suvining rangi ko‘k
yoki yashil bo‘ladi. Bu tipdagi ko‘llarda azot vafosfor minerallari
kam, hayvonlaming zichligi past bo‘ladi. Mazkur ko‘l tipiga baland
tog‘liklarda (Alp) joylashgan, suvining harorati past bo‘lgan ko‘llar
kiradi.
Distrof ко‘liar chuqur bo‘lmagan ко‘liar bo‘lib, ulaming
qirg‘oqlari torf hosil qiluvchi o‘simliklar bilan qoplangan bo‘ladi.
Mazkur ko‘llardagi suv tarkibida gumin moddasi ko‘p, suv rangi
qo‘ng‘ir, kislorod kam, suv reaksiyasi kislotali, mahsuldorlik darajasi
past va hayvonot dunyosi tarkibidagi turlar soni ham kam bo‘ladi.
Bunday ko‘llarga Yevropaning shimolidagi o‘rmonlarda joylashgan
ayrim ko‘llami misol qilish mumkin.
Harorat rejimidagi tafovutlarga ko‘ra ko‘llar uch tipga bo‘linadi:
tropik, mo‘tadil va qutb oldi oblastlarining ko‘llari.
Tropik ko‘llarda suv harorati kuchsiz tebranishga ega bo‘lib,
havzaning yuza va chuqur qatlamlarida harorat juda kam farq
qiladi. Mazkur ko‘llaming faunasi tarkibida turlar ko‘p
hamda
ularda yashovchi ko‘pchiJik hayvon turlari stenoterm va issiqsevar
bo‘ladi.
Qutb oldi ko‘llarida suv harorati kuchsiz tebranishga ega bo‘lib,
harorati doimo sovuq, yuqori qatlamda harorat 10° С dan yuqoriga
ko‘tarilmaydi, qishda esa muz qatlami hosil boTadi. Faunasi tarkibida
turlar soni juda kam, losossimon baliqlar esa nisbatan ko‘p uchraydi.
Umurtqasizlar faunasi tarkibida ham turlar soni kam bo‘ladi.
Mo‘tadil oblast ko‘llari o‘tkinchi xususiyat kasb etadi. Mazkur
ko‘llarda harorat tebranishlari yil davomida juda o‘zgaruvchan bo‘lib,
yozda suvning yuza qatlami uning chuqur qatlamiga qaraganda iliq
bo‘lsa, qishda aksincha holat kuzatiladi. Bu xususiyat plankton or
ganizmlar va boshqa hayvon turlarining hayot siklini o‘zgarishiga va
mavsumiy almashinuviga sabab bo‘ladi.
Odatda, ko‘llarda plankton organizmlarning tur tarkibi dengizlar-
ga
qaraganda ancha kam bo‘lib, bu yerda plankton
organizmlardan
bir hujayralilar, kolovratkalar, turli qisqichbaqasimonlar va turli-tu
19
man umurtqasizlaming lichinkalari uchraydi. Shu bilan birga, plank
ton biomassasi bentos biomassasiga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Qirg‘oq
mintaqalarining faunasi tarkibi baliqlar,
amfibiyalar, toshbaqalar,
ilonlar va hasharotlardan tashkil topadi.
Daryolar ko‘llardan farq qilib, ko‘p hollarda dengizlar bilan alo
qada bo‘ladi va bunday vaziyat baliqlaming daryodan dengizga va
aksincha yo‘nalishda migratsiya qilishiga olib kelgan. Daryolaming
quyi oqimlaridagi qulay sharoitlar ba’zi dengiz hayvonlarini o‘ziga
jalb etadi. Shimolda daryolarga tyulenlar, janubda esa akula
va skat
lar kirib kelishadi. Qora va Kaspiy dengizi uchun mahalliy tur sanal
gan gidra polipi (Cordylophora lacustris) va ikki qopqoqli mollyuska
(Dreissena polimorpha)ning ayni vaqtda mazkur dengizlardan daryo
lar bo‘ylab tarqalishi davom etmoqda.
Dostları ilə paylaş: