Yer yuzining turli qismlarida ekologik
sharoitlaming turlicha
bo‘lishiga mos ravishda, hayvonot dunyosi ham turlicha tarqalish
ga, tur tarkibiga va zichlikka ega bo‘ladi. Bunday o‘ziga xoslik na
faqat hozirgi vaqtdagi mavjud ekologik omillar,
balki qadimda Yer
planetasida sodir bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar, ulaming davomiylik
muddatlari, yo‘nalishlari va o‘sha paytdagi evolutsion jarayonlar
bilan uzviy bog‘liqdir. Avstraliya zoogeografik oblasti faunasining
shakllanishida bunday xususiyat yaqqol namoyon bo‘lgan. Xaltali-
larga mansub turlaming Avstraliya faunasi tarkibida ko‘pligi, aynan
materiklaming shakllanish jarayonlari va hayvonlar evolutsiyasi bi
lan bog‘liq. Avstraliya faunasi mezozoy erasiga xos xususiyatlami
o‘zida aks ettirgan bo‘lib, tarkibida sodda tuzilgan sutemizuvchilar-
ning mavjudligi, ushbu materikning yuksak
sutemizuvchilar paydo
bo‘lishidan ancha ilgari boshqa materiklardan ajralib ketganligini
isbotlaydi. Bu holat geologik va biologik evolutsiya qonuniyatlarini
o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Quruqlikda hayvonlaming mavjudligi va tarqalishini
belgilovchi
asosiy omillarga nanilik, harorat,
havo oqimi, quyosh nuri hamda
o‘simliklar qoplamini kiritish mumkin. Mazkur omillaming miqdori
va tebranish darajasi quruqlik hayvonlarining tarqalishi va zichligini
belgilaydi. Ayniqsa, hayvonot dunyosining tarqalishida o‘simliklar
qoplami muhim o‘rin tutadi. 0 ‘simliklar qoplami hayvonlar uchun
fiafaqat oziqa, balki yashash muhitidagi iqlimiy omillami belgilovchi
biogeotsenozning ajralmas qismi, boshpana, uya qurish joyi va boshqa
muhim vazifalami ham bajaradi. Shu bilan birga, o‘simliklar qopla
mi biogeotsenozning tabiatini belgilab bemvchi o‘ziga xos indikator
bo‘lib xizmat qiladi. Har bir o‘simlik formatsiyasida shu formatsi
yaga moslashgan hayvon turlari yashaydi. Jumladan, shimoldagi nina
bargli o‘rmonlarda (tayga) karqur, chittak, kedrovka, qaychitumshuq,
burunduq va suvsar uchraydi. Bargli o‘rmonlarda olmaxonlar, krotlar,
yerqazarlar, tipratikanlar, bug‘u, o‘rmon mushugi, bo‘rsiq, burgutlar,
yapaloqqushlar, zarg‘aldoq, botqoq toshbaqasi va boshqalar yashaydi.
Dasht va cho‘l formatsiyalarida ham bu yer uchun xos hayvonot dun
21
yosi shakllangan. Xulosa qilib aytganda, yer yuzida biotsenozlaming
tarqalishi muayyan qonuniyatlarga amal
qiladi hamda iqlimiy omil-
larga bo‘ysungan holda mintaqaviy xususiyat kasb etadi.
Quruqlik mintaqalarida ham okeanlardagi kabi tirik moddaning
tarqalishida gorizontal va vertikal zonallilik namoyon bo‘ladi. Yerda
tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita qutb mintaqasi farq qilinadi. Bu min
taqalar o‘zaro fauna tarkibi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: