F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/92
tarix15.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#180671
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

boihpana 
rolini o‘tovchi joylaming tanqisligiga sabab bo‘ladi. Bu esa, 
O'z navbatida, mayda hayvonlaming boshqa turdagi yirik hayvon 
Itr 
boshpanasidan foydalanishiga olib kelgan. Jumladan, katta qum 
llchqonning 
uyasida 300 ga yaqin turdagi hayvonlaming yashashi 
•nlqlangan. 
Hatto to‘rg‘aylar yozgi issiqdan saqlanish maqsadida
39


kemiruvchilaming uyasidan boshpana sifatida foydalanishi qayd etil 
gan. Ko‘kbo‘zdoq va hind chumchug‘i kabi qush turlari qoyalarda 
uya qurib, ko‘payishda ishtirok etishi bilan bir qatorda, jazirama is 
siqdan va dushmanlaridan himoyalanadi.
Hayvonlaming tashqi muhitga moslanishlaridan yana biri 
maskirovkadir. Odatda, cho‘l hayvonlarining rangi tashqi muhit ran 
giga mos, ya’ni sarg‘imtir kulrang tusda bo‘ladi. Bunday tus ulaming 
dushmanlardan himoyalanishi va ov qilishida qulaylik yaratadi.
Qumli cho‘llarda tarqalgan hayvonlaming harakat organlarida 
moslanish bilan bog‘liq o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, ingichka 
barmoqli yumronqoziq, paxmoq oyoqli qo‘shoyoq va putorak yerqa 
zarining panjalarida uzun dag‘al qillar bo‘Isa, ayrim sudralib yuruv­
chilar (taroq barmoqli gekkon, yumaloqboshlar) va qo‘ng‘izlaming 
panjalarida shox va xitindan tashkil topgan o‘simtalar shakllangan. 
Bunday moslanishlar ulaming sirg‘anchiq qumda harakatlanishini 
yengillashtiradi. Ko‘pgina qumda harakatlanuvchi sudralib yumvchi 
larda boshining yuqori qismida joylashgan ko‘zlar va bumn teshiklari 
hayvonning qumga ko‘milgan holda atrofni kuzatishini ta’minlaydi. 
Yumaloqboshlar, charxilon va qum bo‘g‘ma iloni kabi turlar qumga 
ko‘mila olish qobiliyatiga ega bo‘lib, bunday xususiyat hayvonlar- 
ning himoyalanishi va ov qilishi uchun qulaylik yaratadi.
Cho‘l mintaqasida yashaydigan hayvonlardan bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, 
quzg‘un kabi turlar yuqori ekologik valentlikka ega bo‘ladi. Ayrim 
sinantrop turlar (uy sichqoni, uy chumchug‘i) hamda hayoti suv 
havzalari bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi turlar ham cho‘lda yashashga 
moslashgan.
Cho‘l faunasi tarkibi choi sharoitlariga yuqori darajada muvo 
fiqlashgan, adaptatsiyalashgan turlar bilan bir qatorda, ancha keyin 
dasht mintaqasidan cho‘l mintaqasiga ko‘chib o‘tgan turlardan (dasht 
qora iloni, tez kaltakesagi, dasht burguti, bir necha turdagi to‘rg‘aylar, 
kichik yumronqoziq, ko‘rsichqon, sayg‘oq) tashkil topgan.
Qumloq cho‘l tiplarida asosan bo‘g‘imoyoqlilar (chumolilar, 
qora qo‘ng‘izlar, uzun tumshuqlilar, bo‘xcha qo‘ng‘izlar)ning turlar
40


soni ancha ko‘p bo‘lib, o‘rgimchaksimonlardan falangalar, haqiqiy 
o‘rgimchaklar, chayonlar, umurtqalilar orasida esa sudralib yuruv- 
chilar keng tarqalgan. Bu turlaming aksariyati endemik yoki Paleark- 
tika cho‘llariga, ayrimlari faqat Orol - Kaspiy cho‘llariga xos tur- 
lardir (dasht baqasi, kulrang ssink, taroq barmoqli va boshqa qator 
gekkonlar, dasht va Kavkaz agamalari, quloqli va qum yumaloqbosh 
lari, kulrang echkeemar, qum charx iloni, qumbo‘g‘ma iloni, o‘qilon, 
chipor ilonlar va boshqalar).
Qushlar faunasi tarkibida turlar soni kam bo‘lishiga qaramay, bu 
guruh orasida ham aynan cho‘llar uchungina xos bo‘lgan endemiklar 
(xo‘jasavdogar, cho‘l va saksovul chumchuqlari, cho‘l moyquti, oq 
va qorabovurlar) uchrab turadi. Cho‘l mintaqasidagi suv havzalarida 
jingalak va pushti birqozon, kichik qoravoy, qizil g‘oz, kichik va katta 
oq qarqaralar, qoshiqburun, marmar o‘rdak, uzun dumli burgut kabi 
suv va suv oldi qushlarini uchratish mumkin.
Markaziy Osiyo cho‘llarida sutemizuvchilardan putorak yerqa 
zari, shalpangquloq tipratikan, sariq va ingichka barmoqli yumron 
qoziq, kichik qo‘shoyoq, paxmoq oyoqli qo‘shoyoq va taroq barmoq­
li qo‘shoyoq, qizil dumli katta qumsichqon, jayron, qulon, yovvoyi 
mushuklaming bir necha turlari (qoraquloq, manul, barxan mushugi, 
gepard), chiya bo‘ri, tulki, bo‘ri va boshqalar keng tarqalgan.
Qumli cho‘l tipi faunasi xilma-xilligi bo‘yicha boshqa tipdagi 
cho‘l faunalaridan ancha ustun turadi. Bu tipdagi cho‘llarda, ayniqsa, 
sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va bo‘g‘imoyoqlilaming xilma- 
xilligi hamda zichligi nisbatan yuqori bo‘ladi.
Gilli cho‘llaming faunasi tarkibida turlar soni kam bo‘ladi. Bu yer- 
da hasharotlaming kam bo‘lishi sababli, ular bilan oziqlanuvchi sud­
ralib yuruvchilar ham kam bo‘ladi. Toshloq va sho‘rxok cho‘llarda 
hayotiy jarayonlaming kechishi uchun qulay sharoitlaming kamligi
mazkur cho‘llar faunasi tarkibida turlar sonining ham kamayishiga 
sabab bo‘lgan.
41



Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin